«Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy pedagogik texnologiyalari» loyihasi doirasida 2017 yilda bajarilgan ishlar

FZ-2016-0910202206 – raqamli “Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy pedagogik texnologiyalari” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasi.

 Loyiha rahbari p.f.d., prof. N.I.Taylakov 

  1. Hisobot davrida voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalash bo‘yicha respublikadagi mavjud holat tahlil qilindi.
  2. Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalash bo‘yicha xalqaro tajribalar tahlil qilindi.
  3. Mahalla va oilalarda jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilar aniqlandi va ularni tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
  4. Huquqni muhofaza qilish organlarida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
  5. Loyiha doirasida “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida suitsid holatlarining oldini olish” uslubiy qo‘llanma tayyorlandi va nashr etildi.
  6. Ta’lim muassasalarida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni aniqlash va ularni tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni aniqlash mexanizmini ishlab chiqildi.
  7. “Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni aniqlash mexanizmlarlari” nomli uslubiy qo‘llanma tayyorlandi va nashr etildi.
  8. Ichki ishlar organlarida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni aniqlash va ularni tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
  9. Tadqiqotning birinchi yilida olingan natijalar umumlashtirildi hamda voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni aniqlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
  10. “Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni aniqlash mexanizmlarlari” nomli monografiya tayyorlandi va nashr etildi.