Category Archives: Yangiliklar

14Fev/23

“Ta’lim  sifatini  oshirishda  milliy  va xalqaro tajribalar konvergensiyasi”  mavzusidagi  respublika  ilmiy  seminar

T.N.Qori  Niyoziy  nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida  2023-yil  14-fevral  kuni  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda maktab ta’limi va pedagogika fanining dolzarb vazifalari hamda  “2023-yil – Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”ga bag‘ishlangan  “Ta’lim  sifatini  oshirishda  milliy  va xalqaro tajribalar konvergensiyasi”  mavzusidagi  respublika  ilmiy  seminar o’tkazildi.

Ilmiy seminarni Nizomiy  nomidagi  Toshkent  davlat pedagogika  universiteti  rektori,  tarix  fanlari doktori, professor A.K.Qirg‘izboyev kirish so’zi bilan boshlab berdilar. O’z nutqida bugungi kunda ta’lim mazmunini yangilash, takomil­lashtirish, o‘qitish samaradorligini va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirish kerakligini ta’kidlab, til o’rganish ko’rsatkichlarini yaxshilashga erishish masalasi borasida to’xtalib o’tdi.

Shundan so’ng, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI direktori, pedagogika fanlari doktori, professor X.I.Ibraimov “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da komporativ pedagogikaning ustuvor vazifalari”, “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi” bo‘limi boshlig‘i, p.f.d., prof.  R.G.Safarova  “Uzluksiz  ta’lim  tizimi modernizatsiyasida xalqaro pedagogik tajribalarni o‘rganishning  nazariy  va  amaliy ahamiyati”, “Xalqaro pedagogik tadqiqotlar” bo‘limi boshlig‘i,  pedagogika fanlari doktori, professor  M.Q.Quronov “Ta’lim  sifatini  oshirishda  milliy  va xalqaro  tajribalar  konvergensiyasining xususiyatlari”,  “Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi” bo‘lim boshlig‘i, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim L.M.Qoraxonova “Quchoq  ochib  maktablarga boraylik!”  ilmiy-metodik innovatsion loyihasi taqdimoti, 2-bosqich tayanch doktorant T.V.Mamadaliyev “Ta’lim  sifatini  oshirishda  raqamli texnologiyalarning imkoniyatlari”, 3-bosqich tayanch doktorant  K.S.Todjibayeva “Inklyuziv ta’lim sifatini oshirishning zamonaviy texnologiyalari”, 1-bosqich tayanch doktorant D.X.Kamoljonova “Maktab  o’quvchilarini  ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda bolalar nashrlarining roli”  mavzularida ma’ruzachilarning nutqlari tinglandi. 

Tashkil etilgan mazkur ilmiy-seminardan barcha ishtirokchilar o’zlari uchun muhim bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

 511 total views

10Fev/23

“AVLODLAR-BUYUK AJDODLARNI ARDOQLAR” mavzusidagi ilmiy-ma’rifiy tadbir

Joriy yilning 10-fevral kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkiri, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy hamda o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shox va shoiri Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlangan “AVLODLARBUYUK AJDODLARNI ARDOQLAR” mavzusidagi ilmiy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

 Ushbu tadbirni  T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI direktori, pedagogika fanlari doktori, professor Ibraimov Xolboy Ibragimovich ochib berdilar va  “A.Navoiy va Z.M.Bobur millatimiz faxri”,  filologiya fanlari doktori, professor N.Jumaxo’ja “A.Navoiy hayoti va ijodini o’rganishga yangicha yondashuv”, filologiya fanlari doktori, professor K.Mullaxo’jayeva “A.Navoiy ijodida odam va olam munosabatlarining ifodalanishi”, filologiya fanlari nomzodi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Dilshod Rajab “A.Navoiy va Z.M.Bobur she’riyatida ta’lim-tarbiya va ezgulikka da’vat masalalari”, pedagogika fanlari doktori, professor R.G.Safarova “Z.M. Bobur ijodining olamshumul, qomusiy ahamiyati”, pedagogika fanlari doktori, professor M.Quronov “Mutafakkir ajdodlarimiz va Z.M.Bobur ma’naviy merosining davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o’rni”, pedagogika fanlari doktori, professor Sh.Mardonov “A.Navoiy va Z.M.Bobur ijodining xorijda o’rganilishi” mavzularida ma’ruzalari, doktorant N. Masharipova oilasining “Navoiysevar oila” loyihasi hamda Yunus Rajabiy nomidagi maqom instituti talabalari ishtirokida “Ohangrabo navolar” tinglandi.

 387 total views

01Fev/23

Bir guruh tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar nominatsiyalar bilan taqdirlandi.

Joriy yilning 1 – fevral kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining bir guruh tayanch doktorantlari va mustaqil izlanuvchilarini O’zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi muassisligidagi “Xalq ta’limi” jurnali tahririyati umumiy yig’ilishi qaroriga asosan 2022 yilda chop etilgan ilmiy maqolalarning bugungi kun uchun dolzarbligi, har bir maqolani ilmiy jihatdan chuqur, asosli tarzda yoritilganligi hamda istiqboldagi rejalarini qo’llab -quvvatlab turli nominatsiyalar bilan taqdirladilar.
“Istiqbolli pedagog – tadqiqotchi” nominatsiyasi g’olibi – Mamatov Jasur Asatullaevich.
“Eng faol pedagog – tadqiqotchi” nominatsiyasi g’olibi – Mo’minova Gulnozaxon Sulton qizi.
“Eng yaxshi ilmiy – metodik maqola” nominatsiyasi g’olibi – Tadjibayeva Komila Sobit qizi.
“Eng dolzarb ilmiy – metodik maqola” nominatsiyasi g’olibi – Toirova Muhabbat Ataxanovnalar taqdirlandilar.

 434 total views

13Yan/23

Ilmiy semiar

Joriy yilning 11 – yanvar kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida Rossiya Federativ Respublikasi Milliy tadqiqot universiteti filologiya fanlari nomzodi Taratuxina Yuliya Valerievna ishtirokida “Tеория и практика кросс – культурной дидактика” mavzusida ilmiy semiar bo’lib o’tdi.

 450 total views

30Dek/22

Yangi O‘zbekiston gazetasining 2022-yil 30-dekabr № 266-sonida » Sifatli ta’lim Yangi O‘zbekistonda inson kapitalini yaratadi » nomli va Ma’rifat gazetasida «Sifatli ta’lim inson kapitalini yaratadi» nomli T.N. Qori-Niyoziy nomidagi O‘zPFITI direktori Xolboy Ibrohimovlarning maqolasi chop etilib, omma e’tiboriga havola etildi.

 453 total views

23Dek/22

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasi

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasini barcha vatandoshlarimiz singari  T.N.Qori Niyoziy nomidagi Ozbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining barcha ilmiy xodimlari hamda doktorantlari  diqqat va katta hayajon bilan tingladilar. Ushbu murojaatnoma asosida joriy yilning 23 – dekabr kuni davra suhbati o’tkazildi. O‘zPFITI direktori, pedagogika fanlari doktori, professor X.I.Ibraimov, yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning bugungi tarixiy murojaatida mamlakat ertasi, xalq farovonligiga daxldor masalalarni o‘rtaga tashlaganligi, ko‘tarilgan har bir masalaga esa o‘ziga xos, uzoqni ko‘zlagan yechimlar ko‘rsatilganligi va kelgusi 2023 yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilinganligini o’z ma’ruzalarida bayon etdi. Pedagogika fanlari doktori, professor R.G. Safarova esa Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining katta qismi ta’lim masalalariga qaratilganligi, bu albatta, tizim mas’ullari va xodimlariga katta mas’uliyat, javobgarlik yuklashini ta’kidladi.

 490 total views,  2 views today

22Dek/22

Darslik mualliflari bilan uchrashuv

Joriy yilning 23–dekabr kuni Toshkent shahri Uchtepa tuman 203 – sonli umumta‘lim maktabida darslik mualliflari T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining direktori, “Umumiy pedagogika” darsligi muallifi, pedagogika fanlari doktori, professor X.I.Ibraimov, “Alifbe” darsligi, “O’qituvchi kitobi” mualliflar pedagogika fanlari doktori, professor R.G. Safarova hamda “Ijtimoiy – gumanitar fanlarni o’qitish texnologiyalari” bo’limi mudiri D.M.Malikovalar bilan uchrashuv o’tkazildi. Darslik mualliflari o’qituvchilarga, pedagog xodimlarga faoliyatini yanada takomillashtirishlarida muvaffaqiyat tilab esdalik sovg’alar va o’quv sifatini yaxshilashga hizmat qiladigan televizorni pedagogik jamoaga topshirdilar.

 464 total views

09Dek/22

“O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan T.N.Qori Niyoziy nomidagi Ozbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti bo’lim mudiri,  p.f.d., prof. M. Quronov  “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligiesdalik nishoni bilan taqdirlandi.

  Institut jamoasi M. Quronovni esdalik nishoni bilan samimiy qutlab, sog’lik-salomatlik, mamlakatimiz taraqqiyoti yo’lidagi mas’uliyatli va sharfli faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi!

 569 total views

06Dek/22

“YANGI O‘ZBEKISTONDA INSON – ULUG‘  QADRIYAT, UNING SHA’NI MUQADDAS” mavzusida ilmiy – ma’rifiy  tadbir

Joriy 2022-yilning 5-dekabr kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi Ozbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilgiga bag’ishlangan  YANGI O‘ZBEKISTONDA INSON – ULUG‘  QADRIYAT, UNING SHA’NI MUQADDAS” mavzusida ilmiy – ma’rifiy  tadbir o’tkazildi. Tadbirda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI direktori, p.f.d.,prof. X.I.Ibraimov “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi pedagogika ta’lim taraqqiyotining bosh mezoni”, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI bo‘lim mudiri, p.f.d., prof. M. Quronov “O‘zbekiston Respublikasi yangi Konstitutsiyasi shaxsning ma’naviy taraqqiyotini ta’minlashga yo‘naltirilgan davlat siyosatining ifodasi”,  T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI yuristi M.Zohidov “O‘zbekiston Respublikasi Konstitut-siyasi – inson qadri va erkinligining kafolati”, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI kadrlar mudiri  Z. Usmonova “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mehnat huquqi, ota-ona va farzand munosabatlarining kafolatlanganligi” mavzularida mazmunli ma’ruza qildilar.Institut doktorantlari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi

 488 total views,  1 views today

17Noy/22

O‘zbek oilalari uchun o‘zbek tili darslarini, milliy tarbiya va madaniyatni birgalikda tashkil qilish va yo‘lga qo‘yish bo‘yicha onlayn yig‘ilish

Bugun 17-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekistondan tashqaridagi O‘zbek oilalari uchun o‘zbek tili darslarini, milliy tarbiya va madaniyatni birgalikda tashkil qilish va yo‘lga qo‘yish bo‘yicha onlayn yig‘ilish tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbek tili kurslari maslahat guruhi, O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi vakillari va O‘zbekiston Xalq taʼlim vazirligidan mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti olimlaridan tashkil etilgan ishchi guruh aʼzolari ham ishtirok etishdi (bo‘lim mudirlari prof. M.Quronov va dots. L.Karaxonova).
Mazkur tadbir onlayn tarzda tashkil etilib, unda hozirgi kunda AQSH va boshqa xorijiy yurtlarda istiqomat qilayotgan o‘zbek oilalari farzandlarining o‘zbek tiliga munosabati, muloqot qilish imkoniyatlari, shuningdek, o‘zbekona urf-odatlar, ularni bilish, o‘rganish va kelajakda o‘zbekona milliy tarbiyaning saqlanib qolishida uchrayotgan muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlandi. Uchrashuv davomida Amerikadagi elchixona vakili, xorijda hozirda istiqomat qilayotgan va bevosita til o‘rganish muammosiga o‘z mehnatlarini sarf qilayotgan mutaxassislarning fikr-mulohazalari tinglandi

 702 total views,  1 views today