All posts by admin

18May/24

“INKLYUZIV TA’LIMDAN INKLYUZIV JAMIYAT SARI: STRATEGIYALAR, TAJRIBALAR VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani

2024-yil 17-may kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tomonidanUSAIDning «Barcha bolalar muvaffaqiyatli”  loyihasi, “Oila va gender” ilmiy tadqiqot instituti va “Science &Innovation” xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda “INKLYUZIV TA’LIMDAN INKLYUZIV JAMIYAT SARI: STRATEGIYALAR, TAJRIBALAR VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani CITY PALACE mehmonxonasida  bo‘lib otdi.

Anjumanni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi R.X.Djurayev, “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, professor N.M.Egamberdiyeva USAIDning “Barcha bolalar muvaffaqiyatli”  loyihasi rahbari, fan doktori Kate Lapham  (AQSH), kirish so‘zi bilan ochib berdilar.

Anjumanda AQSH, Qozog‘iston, Belorusiya, Malayziya, Rossiya, Tojikiston kabi davlatlardan xorijiy ekspertlar, respublikamizning taniqli olimlari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, magistrlar va tadqiqotchilar inlkyuziv ta’lim sohasini rivojlantirishga oid o’z maruzalari bilan qatnashadilar.

Anjuman so‘nggida mutaxassislar tomonidan bugungi kun inklyuziv ta’lim sifatini oshirishiga qaratilgan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqildi.

 502 total views,  3 views today

24Apr/24

O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti bilan Urganch davlat universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun, 24-aprel kuni Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, akademik Ibraimov Xolboy Ibragimovich shogirdlari hamrohligida Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Urganch davlat universiteti jamoasi ishtirokida rasmiy uchrashuv o’tkazildi. Unda ilm-fan sohasidagi so’nggi yangiliklar, ikki oliy ta’lim muassasalaridagi olib borilayotgan islohotlar haqida samimiy muloqot bo’lib o’tdi.

🖊Shundan so’ng, O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti bilan Urganch davlat universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum ta’lim muassasalari tizimida ilmiy-tadqiqot, ta’lim dasturlari va resurslarini ishlab chiqishga, yuqori malakali ilmiy-pedogogik kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish va ta’lim sifatini oshirishga ko’maklashni ko’zda tutadi.

 311 total views

24Apr/24

XORAZMGA TASHRIF

🏛T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, akademik Xolboy Ibraimovning navbatdagi uchrashuvi 2024-yil 23-aprel kuni Xorazm viloyatida bo‘lib oʻtmoqda. Dastavval, Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi, professor-o‘qituvchilari, magistr, bakalavr talabalari va tinglovchilar uchun mahorat darslari tashkil qilindi.
✨Tadbirni Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova ochib berdi. So‘ng akademik Xolboy Ibraimov Sharq allomalari Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sinolarning pedagogik qarashlari yuzasidan ma’ruza qildi. Tadbir so‘ngida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar

 296 total views

24Apr/24

Sayyor dars mashg’ulotlari

Joriy yilning 24-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakultetining “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida sayyor dars mashgʻulotlari tashkil etildi.
📚Ushbu sayyor dars mashgʻulotlarida pedagogika fanlari doktori, dotsent Djurayev Dusmurod Uralovich, pedagogika fanlari doktori, professor Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor v.b. Murtozoyeva Mahfuza Murtozayevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent Jumaniyozova Muxayyo Tojievna, psixologiya fanlari doktori, dotsent Shamshetova Anjim Karamiddinovalar OʻzPFITIning doktorant va tayanch doktorantlariga ma’ruza qilishdi.
Sayyor darslar ishtirokchilari ma’ruzachilardan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

 364 total views

18Apr/24

“Raqamli didaktika va madaniyat: zamonaviy tendentsiyalar, yondashuvlar, yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya

🔸Bugun OʻzPFITI tomonidan oʻtkazilgan “Raqamli didaktika va madaniyat: zamonaviy tendentsiyalar, yondashuvlar, yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyada xorijiy va respublikamiz professorlari, olimlari va ilmiy tadqiqotchilari ishtirok etishdi.
✨Konferensiyani institut direktori, p.f.d., akademik Ibraimov Xolboy Ibragimovich ochib berdi.
Shundan so‘ng ma’ruzachilarning: Professor Seungjik Lee – “Ta’lim jarayonida sun’iy intellekt hamda buyumlar internetidan foydalanish”, A.Y.Ibraymov – “Ta’lim jarayonini raqamlashtirilgan pedagogik dizayn vositalari asosida strategik loyihalashtirish mexanizmlari”, A.B.Kamilova – “Maktabda shaxmatni oʻrgatishda raqamli koʻrgazmali qurollarning metodik xususiyatlari”, A.X.Maxmudov – “Raqamli didaktikada vizuallashtirishning o‘ziga xos jihatlari” mavzusida ma’ruzalari tinglandi.
🔸Konferensiya ishtirokchilari raqamli didaktika bo‘yicha eng so‘nggi yangilik va ta’lim dasturlari haqida ma’lumotlardan xabardor bo‘ldilar.

 447 total views,  1 views today

05Apr/24

«Olima ayollar» tanlovi

2024-yil 4-aprel kuni «Olima ayollar» ilmiy loyihalar tanlovi navbatdagi turini saralash natijalariga ko‘ra moliyalashtirishga tavsiya qilingan 68 nafar Respublikaning turli hududlaridagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida faoliyat yuritayotgan olimalarimizni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
🏆Mazkur taqdirlash marosimida O‘zPFITI bo‘lim mudirlari L.M.Qoraxonova va M.Inoyatovalarning ilmiy tadqiqot loyihalari muvaffaqiyatli ishtirok etib, tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
💐Olimalarimizga mazkur tadqiqot loyihasini samarali amalga oshirishda kattadan katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!
✨Loyihaning kelgusida ilmiy yutuqlar bilan natijalarga erishishida omad tilaymiz!

 502 total views,  1 views today

16Mar/24

TAʼLIM SIFATINI OSHIRISH BO‘YICHA REJALAR

Qo‘qon shahar hokimi Usmonov Maruf Azamovich hamda T. N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, akademik Xolboy Ibraimov bilan 2024-yil 16-mart kuni navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda ta‘lim sifatini oshirish va kelgusidagi o‘quv ishlarini rejalashtirish bo‘yicha kelishib olindi.

 768 total views,  3 views today

16Mar/24

MEMORANDUM IMZOLANDI!

Buvayda tumani ixtisoslashtirilgan maktab va T.N.Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. OʻzPFITI direktori, akademik Xolboy Ibraimov va ixtisoslashgan maktab direktori Kamolov Otabek No‘monjonovich oʻrtasida imzolangan shartnoma kelgusida pedagog kadrlarning salohiyatini oshirish uchun xizmat qiladi.

 464 total views

15Mar/24

IJODIY SAFAR DAVOM ETMOQDA!

T.N.Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, akademik Xolboy Ibraimovning bugungi tashrifi Fargʻona viloyati Buvayda tumanidagi ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻlib oʻtdi. Tadbirda professorlar, olimlar, mahalla faollari, maktab direktorlari, oʻqituvchilar va oʻquvchilar ishtirok etishdi. Akademik Xolboy Ibraimov nutqida «Uchinchi Renessans bunyodkorlari» va taʼlim sifati toʻgʻrisida fikr yuritildi.

 261 total views

14Mar/24

Qo’qon Davlat Pedagogika instituti jamoasi bilan uchrashuv

2024-yil 14-mart kuni Muqimiy nomidagi Qo‘qon Davlat Pedagogika institutida Pedagogika fanlari doktori, akademik Xolboy Ibragimov bilan uchrashuv bo‘lib o’tdi. Unda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti doktorantlari, pedagogika sohasidagi olimlar, Qo‘qon Pedagogika instituti jamoasi ishtirok etdi. Tadbir institut hayotidan hikoya qiluvchi ko‘rgazma bilan boshlandi. O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijro etildi. Institut rektori Dilnoza Shavkatovna mehmonlarni tashrif bilan qutlab, tarixiy institut haqida so‘zlab berdi. Uchrashuv avvalida institut faoliyati bilan bog’liq video rolik namoyish etildi. So‘z akademik Xolboy Ibragimovga berildi. Akademik «Buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari» mavzusida ma‘ruza qildi. Pedagogika sohasida nashr qilinayotgan darsliklar, farzand tarbiyasida ota-onaning o‘rni, Abu Rayhon Beruniy va Yassaviyning pedagogik qarashlari haqida so‘zlab berdi.
Qo‘qon Davlat Pedagogika instituti Pedagogika- psixologiya fakulteti dekani Nigora Erkaboyeva va ilmiy va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektor Nurbek Jo‘rayevlar so‘zga chiqdi.
Muqimiy nomidagi Qo‘qon Davlat instituti hamda T. N. Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Tadbir yakunida Akademik Xolboy Ibragimovga Qo‘qon Davlat Pedagogika instituti faxriy akademigi unvoni berildi.

 528 total views,  4 views today