All posts by admin

24Apr/22

Kimyo va biologiya fanlari bo’yicha olimpiada

2022 yil 24 aprel kuni Toshkent shahar umumiy о‘rta talim maktablari о‘quvchilari о‘rtasida kimyo va biologiya fanlari bo’yicha olimpiada tashkil etildi. Ushbu olimpiadada О‘zPFITI bо‘lim mudiri L.M.Karaxonova biologiya fani bо‘yicha nazoratchi va tekshiruvchi sifatida ishtirok etdi.

 490 total views

23Apr/22

O’quv seminar

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani 10-umumiy o’rta ta’lim maktabida tuman Xalq ta’limi bo’limi hamda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika Fanlari Ilmiy tadqiqot instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar-treningga T.N Qori Niyoziy nomidagi O’z PFITI pedagogika fanlari doktori professor «Alifbo» darsligi muallifi Safarova Raxatoy G’aybullayevna,T.N Qori Niyoziy nomidagi O’z PFITI direktori ibragimov Xolboy Ibragimovich,T.N. Qori Niyoziy nomidagi O’z PFITI direktorining umumiy masalalar bo’yicha direktor o’rinbosari Ro’ziyeva Zulayxo Samatovna tashrif buyurishdi.
Seminar-treningda: tayanch o’quv mashg’ulotdagi «Smart alifbo» mavzusi tanlanib keng muhokama qilindi. Tumanimizning 105 nafardan ortiq o’qituvchilari ushbu mavzu haqida ma’lumot olib, o‘zlarida ushbu mavzu yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qildilar.
Trening bahs va savol-javobga to’la bo’ldi.

 456 total views

22Apr/22

“Ustoz murabbiy” e’tirofnomasi

О‘zPFITI direktori, pedagogika fanlari doktori, prof. Xolboy Ibragimovich Ibraimov “Xalq ta’limi” jurnalining eng faol mushtariysi bо‘lganliklari, jurnal sahifalarida sermahsul, mazmunli ilmiy-metodik salohiyatga ega maqolalar chop ettirganliklari sababli tahririyatning “Ustoz murabbiy” e’tirofnomasiga sazovor bо‘ldilar.

 414 total views

21Apr/22

20-21 aprel kunlari O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari Z.S.Ruziyeva va bo‘lim mudiri D.A.Madjidova O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” telekanali “Odamiylik” ko‘rsatuvida ekspert sifatida ishtirok etdilar. Mazkur ko‘rsatuvda nogironligi bo‘lgan, ehtiyojmand insonlar, bolalarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, ularning holidan xabar olish, tibbiy-ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tashrif buyurgan oilalarning hayoti, yashash sharoitlari, sog‘lig‘idagi muammolari aniqlanib, ularga tibbiy-ijtimoiy va homiylik yordami ko‘rsatish bo‘yicha institut mutaxassislari tomonidan fikrlar bildirildi.

 424 total views

21Apr/22

2022 yil 20 aprel kuni «Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish nazariyasi va metodikasi» bo‘limi mudiri M.E. Inoyatova o‘quv sifatini tahlil etish va metodik tavsiyalar berish uchun Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi 229- umumiy o‘rta taʼlim maktabida ona tili-adabiyot darslarini kuzatdi. Dars tahlili natijalari bo‘yicha ona tili-adabiyot fanlari metodbirlashmasi yig‘ilishida ishtirok etdi va metodbirlashma aʼzolari ishtirokida tahlil natijalarini muhokama qildi

 398 total views

20Apr/22

Shaxmat musobaqasi

2022-yil 20-aprel sanasida Evrika- education nodavlat taʼlim muassasasining umumiy rahbarligi ostida Sergeli tumanidagi bolalar va o‘smirlar (8 yoshdan 14 yoshgacha) o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqalarga O‘zPFITI direktor o‘rinbosari, p.f.d. A. Maxmudov bosh xakamlik qildi.

 468 total views

20Apr/22

A.Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika institutida seminar-trening tashkil etildi

2022 yil 19 aprel kuni A.Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika institutida «Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash» bo‘limi mudiri M.Umaraliyeva tamonidan «Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashda ilmiy tadqiqot institutlarning ahamiyati» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-treningda institut magistrantlari va tayanch doktorantlari faol qatnashdilar.

 458 total views

16Apr/22

«Quchoq ochib maktablarga boraylik» shiori ostida maktablar bilan hamkorlik

2022 yil 16 aprel kuni  T. N Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti  bilan hamkorligida Toshkent viloyati   Quyichirchiq  tumanida bir qator maktablarda, jumladan 10,19,51-umumiy o’rta ta’lim maktabida» Quchoq ochib maktablarga boraylik»shiori ostida  institut diretori  prof. X. Ibraimov,  bo`lim boshliqlari prof. M.Quronov, Yu.Zemlina,  Z.Ro`ziyeva va doktorantlar S.Ibragimov va R. Azizovlar o`z  yo`nalishlari bo`yicha namunali seminar treninglar o`tkazishdi.Har bir o’tilgan treningning  yutug’i va kamchiliklari o’zaro tahlil qilindi.Maktab direktori G. Raimjanova va tuman XTB boshlig`i A. Shodmonov o’z fikrlari va metodik tavsiyalarini aytib o’tdilar.Kelgusida metodik yordam  joriy etish maqsadida maktablar bilan shartnomalar imzolandi.

 439 total views