Monthly Archives: Yanvar 2025

25Yan/25

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti va Moskva davlat universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

🏛 Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tomonidan 2025-yil 25-yanvar kuni Moskva davlat universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

🔸Memorandum doirasida o‘zaro ilmiy-metodik ta’minot va ­pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga kelishib olindi.

 134 total views

25Yan/25

Xalqaro hamkorlik uchrashuvi: Moskva davlat universiteti (MDU) 270 yoshda

Yangi O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan barcha yo‘nalishlar, xususan, ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik va aloqalari ham yil sayin kengayib bormoqda.

🌐Xorijiy ta’lim muassasalari bilan memorandumlar imzolanmoqda, olimlar va tadqiqotchilar xorijiy davlatlar oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlarida o‘zaro tajriba almashish imkoniga ega bo‘lishyapti. Bu borada Rossiya Federatsiyasi ta’lim muassasalari bilan ham yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

🔸Shu kunlarda nafaqat Rossiya, balki dunyo miqyosida ham mashhur bo‘lgan M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MDU) tashkil etilganining 270-yilligi keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan taʼlim muassasasi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin tomonidan «Fidokorona mehnati uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

🔹Ushbu tantanalarda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik X.Ibraimov ham ishtirok etmoqda.

 114 total views