“ Tarbiyaga O‘zbekistonda ham Yaponiyadagidek e’tibor qaratilayotganidan behad mamnun bo‘ldim”deydi Farg‘ona viloyati hokimining Ta’lim bo‘yicha maslahatchisi, tajribali pedagog Goto Mikako Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida shu sohadagi xorijiy mamlakatlar ilmiy tadqiqot institutlari olimlari va mutaxassislari bilan o‘zaro aloqalar ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Farg‘ona viloyati hokimining Ta’lim bo‘yicha maslahatchisi, tajribali pedagog Goto Mikakoning institut olimlari va doktorantlari bilan bo‘lgan uchrashuvi fikrimizga yaqqol dalil bo‘la oladi. Institutimizning bir guruh vakillari Yaponiyada bo‘lib, u yerdagi ta’lim, xususan, tarbiya sohasida olib borilayotgan ishlar, bu borada to‘plangan tajribalar bilan bevosita tanishib qaytgan edi. Bugungi uchrashuvni ana safar va aloqalarimizning mantiqiy davomi, deb atash mumkin,– dedi Qori Niyoziy nomidani Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik Xolboy Ibraimov.Uchrashuvda Goto Mikako Yaponiya ta’lim tizimi tajribasi, ta’limda oila va tarbiyaning o‘rni xususida keng ma’lumot berdi. Biz ham jug‘rofiy, ham mintalitet jihatidan sharqlik sanalamiz. Shu bois bizning mushtarak va uyg‘un jihatlarimiz juda ko‘p. Bu, o‘z navbatida, Yaponiya bilan O‘zbekiston ta’lim va tarbiya sohasida yaqin hamkorlik o‘rnatishida mustahkam zamin bo‘la oladi. Yaponiyada tarbiya bundan uch yil avval maktablarda qo‘shimcha fan sifatida o‘rgatilgan bo‘lsa, endilikda asosiy fanlar qatoriga kiritildi. Meni xursand qilgan jihat shundan iboratki, bugungi kunda O‘zbekistonda ham tarbiya asosiy fanlar qatorida o‘qitimoqda. Ayniqsa joriy yilda Prezident qarori bilan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tashkil etilgani meni nihoyatda quvontirdi. Bugungi kunda juda ko‘p mamlakatlarda tarbiyaga alohida e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Chunki dunyo miqyosidagi integratsiya va globallashuv jarayonlari , axbort kommunikatsiya vositalarining keng rivojlanishi, ayniqsa, axbarot tarqalishi va almashinuvining tezkorligi va chegara bilmasligi yoshlarimizda axloq va tarbiyaga bo‘lgan ehtiyoj va e’tiborni yanada oshirdi. Yoshlarimizni turli xil ta’sir va tahdidlardan asrash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni saqlash va tiklashda bu juda ham muhims vosita sanaladi, dedi mehmon.Goto Mikako institut jamoasiga Yaponiyadagi Chibo universiteti olimlari tomonidan tayyorlangan ta’lim va oilada tarbiya metodikasiga doir darslik va qo‘llanmalar taqdim etdi. Farg‘ona viloyati hokimining Ta’lim bo‘yicha maslahatchisi, tajribali pedagog Goto Mikako poytaxtimizdagi bir qancha davlat va xususiy maktab hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, u yerdagi ta’lim va tarbiya tizimi hamda metodikalari bilan yaqindan tanishdi.
Institut matbuot kotibi I.Xudoyorov
63 total views, 6 views today