O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida akademik Xolboy Ibraimov bilan uchrashuv

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida akademik Xolboy Ibraimov bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔸Uchrashuvda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, akademik Xolboy Ibraimov o‘zbek tili nafaqat muomala vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi va tarixi hamda milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz bizga ona tilimiz yordamida meros bo‘lib qolganligi to‘g‘risida fikrlar bildirildi. Shuningdek, til – muqaddas ona kabi azizligi, bizning o‘zbek tilimiz hech qaysi tildan kam emasligi to‘g‘risida ta’kidladi.

🔹 Shuningdek, farzand tarbiyasida ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, yoshlarning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va insoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usi shakllanishida, har tomonlama barkamol etib tarbiyalanishida buyuk mutafakkir ajdodlarimiz merosi katta ahamiyat kasb etishi aytib o‘tildi.

 203 total views,  2 views today