O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutga matbuot kotibi, bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim va katta ilmiy xodim lavozimlariga tanlov quyidagi yo‘nalishlarda e’lon qilinadi.
1. Milliy tarbiya, mutaffakkirlar va jadidlarning pedagogik ta’limotlari ilmiy-tadqiqot bo‘limiga:
1 nafar katta ilmiy xodim;
2. “Ota-onalar universiteti” va tarbiyaviy jarayonlarining metodik ta’minoti ilmiy-tadqiqot bo‘limiga 1 nafar bosh ilmiy xodim, 1 nafar katta ilmiy xodim;
3. Ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash ilmiy-tadqiqot bo‘limiga 1 nafar yetakchi ilmiy xodim va 1 nafar katta ilmiy xodim;
4. Inklyuziv ta’lim-tarbiya metodikasi ilmiy-tadqiqot bo‘limiga 1 nafar katta ilmiy xodim;
5. Milliy tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot bo‘limiga 1 nafar bosh ilmiy xodim, 1 nafar katta ilmiy xodim;
6. Milliy tarbiyaning raqamli pedagogik ta’minoti ilmiy-tadqiqot bo‘limiga 1 nafar yetakchi ilmiy xodim, 1 nafar katta ilmiy xodim;
7. “Mahalla-oila-maktab hamkorligi” ilmiy-tadqiqot bo‘limiga 1 nafar katta ilmiy xodim;
8. Xalqaro pedagogik tajribalar ilmiy-tadqiqot bo‘limiga 1 nafar katta ilmiy xodim.
Bosh ilmiy xodim lavozimiga tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:
Ma’lumoti: fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor yoki katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi
Mutaxassisligi: Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha
Mehnat staji: Kamida 5 yil shundan, 3 yil ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullangan bo‘lishi kerak.
Yetakchi ilmiy xodim lavozimiga tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:
Ma’lumoti: fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science), ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va ilmiy unvonga ega bo‘lgan; fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lishi
Mutaxassisligi: Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha
Mehnat staji: Kamida 5 yil shundan, 2 yil ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullangan bo‘lishi kerak.
Katta ilmiy xodim lavozimiga tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:
Ma’lumoti: Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalaridagi ma’lumot,
Mutaxassisligi: Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha,
Mehnat staji: Kamida 2 yil shundan, 1 yil ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullangan bo‘lishi kerak.
Tanlovga ariza 18-oktabrgacha qabul qilinadi.
Ish haqi shtat jadvali asosida.
Ariza oflayn yozma shaklda.
Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi 6-uy
Murojaat uchun tel.: 97 586 65 55; (telegram ham shu raqamda)
63 total views, 2 views today