Monthly Archives: Avgust 2024

30Avg/24

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul e’lon qiladi!

Talab etiladigan hujjatlar roʻyxati:
➡️Ariza;
➡️Qisqacha biografik ma’lumot (obyektivka – namuna 3.5 shakl bo‘yicha o‘zbekcha va ruscha shaklda);
➡️Mehnat daftarchasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
➡️Oliy ta’lim magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi;
➡️Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (PhD – kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis; DSc – kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis);
➡️Pasport nusxasi;
➡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud bo‘lsa);
➡️Til bo‘yicha milliy yoki unga mos xalqaro sertifikat (B1). 
❗️ Stajyor-tadqiqotchilikka til sertifikati talab etilmaydi.

 122 total views,  3 views today

20Avg/24

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan anʼanaviy III “Ustozlar Milliy forumi”

Ayni damda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan anʼanaviy III “Ustozlar Milliy forumi” boʻlib oʻtmoqda.
✨Forumda trener sifatida ishtirok etayotgan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti boʻlim mudiri L.Qaraxonova “Maktabgacha taʻlim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda tarbiyachi-pedagoglarning oʻrni” mavzusida seminar o‘tkazar ekan, joriy yilgi forum ham yuqori saviya tashkil etilganini e’tirof etdi hamda mazkur forum sohadagi yangiliklarni ustozlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etayotganini maʼlum qildi.

 363 total views,  2 views today