«Yangi Oʻzbekiston taʻlim sharoitida talabalarni umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammo va yechimlar» mavzusida konferensiya

Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida 20-iyunda «Yangi Oʻzbekiston taʻlim sharoitida talabalarni umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammo va yechimlar» mavzusida konferensiya boʻlib oʻtdi.
🔹Konferensiyada ilmiy-tadqiqot instituti professorlari va doktorantlari, Urganch davlat pedagogika instituti rektori, «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti va vazirlikning bir qancha masʼul xodimlari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
🔸Konferensiya davomida umuminsoniy qadriyatlar har bir zamon va makonda oʻz ahamiyatini yoʻqotmasligi taʼkidlandi. Tadbir soʻngida har bir maʼruzachi oʻz xulosalarini aytib oʻtishdi.

 483 total views,  4 views today