Daily Archives: 31.10.2022

31Okt/22

Samarqand shahriga ziyorat

Joriy yilning 2022-yil 29-oktyabr kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institut xodimlari Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahriga ziyorat uhun sayohat qildilar. Azim shahar haqida yaxlit tasavvurga ega bo’lish uchun bu yerga, albatta, tashrif buyurish lozim.

Institutimiz xodimlari “Buyuk ipak yo’li” turistik zonasidan sayohatni boshladilar. Markazga “Buyuk ipak yo‘li” deb nomlanganida chuqur maʼno bor. Bu yerda o‘sha davrga oid tarixiy manzaralar aks ettirilgan. Masalan, “Boqiy shahar” majmuasi bezaklarida qadimiy Afrosiyob devorlarida saqlanib qolgan So‘g‘d davlati hukmdorining Koreya, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlar elchilarini qabul qilish marosimi tasvirlaridan foydalanilganini ko’rib zavqlandilar.

 Shuningdek, institutimiz xodimlari Registon maydoni, Go’ri-Amir, Bibi-Honim, Shoxi-Zinda maqbaralari, Ulug’bek rasadxonasi, Hazrati Xizr masjidi majmuasi va bir qancha yodgorliklarni ziyorat qildilar. U yerdan o’zlari uchun esdalik sovg’alarni harid qilib yaxshi kayfiyat va taassurotlar bilan qaytdilar. Bu ko’hna Samarqand shahari barcha tashrif buyuruvchilarni o’ziga maftun qilib kelmoqda.

 356 total views