O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Pedagogika va psixologiya fanlari” bo‘yicha Ilmiy-texnik kengashida a’zolar sifatida faoliyat yuritishmoqda

Innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 15-fevraldagi 40-son buyrug‘iga 13-ilovaga asosan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari “Pedagogika va psixologiya fanlari” bo‘yicha ilmiy-texnik kengash a’zolari sifatida pedagogika fanlari doktori, professorlar X.Ibraimov, R.Safarova hamda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim D.Madjidova (ilmiy kotib) faoliyat olib borishmoqda.Mazkur kengashda ekspertlar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq e’lon qilingan tanlovlarga kelib tushgan loyihalar ilmiy ekspertizasini amalga oshiradilar.

 460 total views,  1 views today