Toshkent shahri umumtaʼlim maktablari o‘qituvchilari uchun inklyuziv taʼlim bo‘yicha trening

21 may kuni O‘zR xalq taʼlimi vazirligi ko‘magida O‘zPFITI «Inklyuziv taʼlim» bo‘limi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Toshkent davlat pedagogika universiteti va Respublika tashhis markazi hamkorligida o‘qituvchilar uchun inklyuziv taʼlim bo‘yicha trening o‘tkazildi.Mazkur treningda Toshkent shahrining Sergeli, Yashnobod, Mirobod, Yunusobod tumanlaridagi inklyuziv sinflar o‘qituvchilari uchun inklyuziv taʼlim jarayoniga oid masalalar, autizm, Daun sindromlariga ega va koxlear implantantli bolalarning inklyuziv muhitda taʼlim va tarbiyasi hamda reabilitatsiyasi masalalari muhokama etildi.Treningda soha mutaxassislari professor L.R.Muminova, dotsent D.A.Nurkeldiyeva, D.Madjidova, X.D.Kalbayeva inklyuziv taʼlimning O‘zbekiston maktablariga joriy etilishiga doir maʼlumotlarni yoritib berdilar.

 337 total views,  1 views today