«Ochiq eshiklar kuni-Festival»

2022 y. 29 aprel sanasida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani 45-STEM Umumiy o’rta ta’lim maktabida tuman Xalq ta’limi bo’limi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda «Ochiq eshiklar kuni-Festival» o’tkazildi. Bu festivalda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika Fanlari Ilmiy tadqiqot instituti xodimlari A.Maxmudov, M.Umaraliyeva, Z.Ro’ziyeva hamda doktorant R.Azizovlar ishtirok etishdi.
Tumanning 1600 nafardan ortiq bitiruvchi o’quvchilari ushbu festivalga tashrif buyurishdi, o‘zlariga kelajakda qaysi kasbni egallash yuzasidan tasavvur va yo’nalishlarni tanlab olishdi.

 371 total views,  1 views today