“Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va ustuvor vazifalar” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy targʼibot

Bektemir tuman hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʼlimi tashabbusi bilan 289-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi faollar zalida “Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va ustuvor vazifalar” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy targʼibot tadbiri oʼtkazildi.

Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat targʼibot markazi eksperti, f.f.d.,prof. Jamila Shermuhammedova, professor, Qori Niyoziy nomidagi ÓzPFITI bólim mudiri ustoz Muhammadjon Quronov ishtirok etishib, yigʼilganlarga Prezidentimizning «Yangi Oʼzbekiston strategiyasi» nomli kitobini taqdim etishdi.

Ular ushbu kitobda ilgari surilgan gʼoyalar targʼiboti boʼyicha, xususan, yangi Oʼzbekiston va uchinchi renessansni qurish boʼyicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida tushunchalar berishdi.

 1,045 total views,  3 views today