«Quchoq ochib maktablarga boraylik» shiori ostida maktablar bilan hamkorlik

2022 yil 16 aprel kuni  T. N Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti  bilan hamkorligida Toshkent viloyati   Quyichirchiq  tumanida bir qator maktablarda, jumladan 10,19,51-umumiy o’rta ta’lim maktabida» Quchoq ochib maktablarga boraylik»shiori ostida  institut diretori  prof. X. Ibraimov,  bo`lim boshliqlari prof. M.Quronov, Yu.Zemlina,  Z.Ro`ziyeva va doktorantlar S.Ibragimov va R. Azizovlar o`z  yo`nalishlari bo`yicha namunali seminar treninglar o`tkazishdi.Har bir o’tilgan treningning  yutug’i va kamchiliklari o’zaro tahlil qilindi.Maktab direktori G. Raimjanova va tuman XTB boshlig`i A. Shodmonov o’z fikrlari va metodik tavsiyalarini aytib o’tdilar.Kelgusida metodik yordam  joriy etish maqsadida maktablar bilan shartnomalar imzolandi.

 440 total views,  1 views today