Daily Archives: 16.04.2022

16Apr/22

«Quchoq ochib maktablarga boraylik» shiori ostida maktablar bilan hamkorlik

2022 yil 16 aprel kuni  T. N Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti  bilan hamkorligida Toshkent viloyati   Quyichirchiq  tumanida bir qator maktablarda, jumladan 10,19,51-umumiy o’rta ta’lim maktabida» Quchoq ochib maktablarga boraylik»shiori ostida  institut diretori  prof. X. Ibraimov,  bo`lim boshliqlari prof. M.Quronov, Yu.Zemlina,  Z.Ro`ziyeva va doktorantlar S.Ibragimov va R. Azizovlar o`z  yo`nalishlari bo`yicha namunali seminar treninglar o`tkazishdi.Har bir o’tilgan treningning  yutug’i va kamchiliklari o’zaro tahlil qilindi.Maktab direktori G. Raimjanova va tuman XTB boshlig`i A. Shodmonov o’z fikrlari va metodik tavsiyalarini aytib o’tdilar.Kelgusida metodik yordam  joriy etish maqsadida maktablar bilan shartnomalar imzolandi.

 572 total views,  1 views today

16Apr/22

«Разработка и внедрение современных технологий оценки результатов обучения русскому языку в школах с узбекским и другими языками обучения» nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

2022-yil 15-aprel kuni Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzah davlat pedagogika institutida o’tkazilgan «Разработка и внедрение современных технологий оценки результатов обучения русскому языку в школах с узбекским и другими языками обучения» nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yalpi yig’ilishida Qori Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti «Tillarni intensiv o’qitish texnologiyalari» bo’lim mudiri Yuliya Zemlina «ПРОБЛЕМЫ АДАПТАЦИИ МЕЖДУНАРОДНОЙ СИСТЕМЫ ОЦЕНИВАНИЯ ЯЗЫКОВЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ ПРИ ИЗУЧЕНИИ РУССКОГО ЯЗЫКА КАК ИНОСТРАННОГО» mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etdi.

 533 total views

16Apr/22

“Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va ustuvor vazifalar” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy targʼibot

Bektemir tuman hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʼlimi tashabbusi bilan 289-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi faollar zalida “Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va ustuvor vazifalar” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy targʼibot tadbiri oʼtkazildi.

Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat targʼibot markazi eksperti, f.f.d.,prof. Jamila Shermuhammedova, professor, Qori Niyoziy nomidagi ÓzPFITI bólim mudiri ustoz Muhammadjon Quronov ishtirok etishib, yigʼilganlarga Prezidentimizning «Yangi Oʼzbekiston strategiyasi» nomli kitobini taqdim etishdi.

Ular ushbu kitobda ilgari surilgan gʼoyalar targʼiboti boʼyicha, xususan, yangi Oʼzbekiston va uchinchi renessansni qurish boʼyicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida tushunchalar berishdi.

 1,268 total views