2-aprel – Xalqaro autizm haqida axborot tarqatish kuni munosabati bilan mutaxassislar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda

Joriy yil 1-aprel kuni O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti “Inklyuziv ta’lim” bo‘limi mudiri Dildora Madjidova Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi “Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bo‘limi” boshlig‘i Gelena Xrulnova bilan uchrashib, bolalarning sensor integratsiyasi muammolariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, bu yo‘nalishdagi uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyalarni hamkorlikda tayyorlash va nashr etish masalalarini muhokama qildilar. Muhokama davomida O‘zbekistonda inklyuziv ta’limning mavjud holati va istiqbollarini aniqlash, zarur taklif va tavsiyalarni vakolatli organlarga taqdim etish muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

 824 total views,  1 views today