2022 yil 30 mart kuni soat 10.00 da T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti ilmiy bo’limlari huzuridagi navbatdagi kengaytirilgan seminar yig’ilishida 3 nafar tadqiqotchi-talabgorlarning tadqiqot ishlarining dastlabki muhomasi bo’lib o’tdi. Dissertatsiya muhokamasida seminar raisi va a’zolari, institutning tayanch doktorantlari, mustaqil tadqiqotchilar va stajerovkadagi magistrantlar ishtirok etishdi.


Quyida kengaytirilgan seminar yig’ilishining kun tartibi va fotolavhalar keltiriladi.
2022 yil 30 mart kuni soat 10.00da o’tkaziladigan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti ilmiy bo’limlari huzuridagi kengaytirilgan seminar yig’ilishining
KUN TARTIBI:
1. Institut tadqiqotchisi Murtozaeva Mahfuza Murtozaevnaning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo’yicha “Oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak pedagoglar ekologik kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish ” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi muhokamasi (qayta eshituv).
Ilmiy maslahatchi: R.X.Djuraev – pedagogika fanlari doktori, akademik
Taqrizchilar: R.G.Safarova– pedagogika fanlari doktori, professor. Sh.A.Abdullaeva – pedagogika fanlari doktori, professor A.X.Maxmudov – pedagogika fanlari doktori (DSc), k.i.x.
2. Institut mustaqil tadqiqotchisi Doniyorov Shokirjon Xudoyberdievichning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo’yicha “Pedagoglarning o’quvchilar jamoasi bilan ishlash layoqatini uzluksiz rivojlantirish mexanizmlari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi muhokamasi.
Ilmiy rahbar: R.G.Safarova – pedagogika fanlari doktori, professor
Taqrizchilar: A.X.Maxmudov – pedagogika fanlari doktori (DSc), k.i.x. S.I.Xusanova – pedagogika fanlari doktori (DSc).
3. Institut mustaqil tadqiqotchisi Saloxojaeva Farangiz Amonxujaevnaning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo’yicha “STEAM texnologiyalari yordamida talabalarning kommunikativ kompetentsiyasini rivojlantirishning pedagogik shartlari (rus tilini o’qitish misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi muhokamasi.
Ilmiy rahbar: Sh.Abdullaeva – pedagogika fanlari doktori, professor
Taqrizchilar: A.Urazimbetova – pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD). N.Axmedova – pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD).






1,285 total views, 3 views today