Assalom, Navro’z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi

Ma’lumki, xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va ezgu qadriyatlarini o’zida yaqqol mujassam etgan Navro’zi olam eng qadimiy va ardoqli milliy bayramlarimizdan biri hisoblanadi. Navro’z bayramining qachon vujudga kelgani haqida bizgacha etib kelgan qadimiy manbalardan shu narsa ko’rinadiki, u O’rta Osiyo, Eron va Afg’onistonda Ahmoniylar davrida (miloddan avvalgi VI asrlarda) keng nishonlangan. Shu ma’noda Navro’zning tarixini 25-30 asrga teng deb taxmin qilish mumkin. Islomgacha bo’lgan davrda Navro’z bayrami kuni odamlar hayotning totli bo’lishini tilab, yaqinlariga shirinliklar hadya qilishgan, farovonlikda yashashni istab bir-birlariga suv sepishgan. Zardushtiylar ushbu bayramni sovuq qishdan qutulib, bahorga etishganlariga shukrona qilib gulxan atrofida nishonlashgan. Keyingi asrlarda Navro’z kunlarida hovli-joylarni tozalash, ko’kat va gullar ekish, ota-ona, yoru do’stlarni yo’qlash odat tusiga kirgan. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi farmonida bu yil bayramni “Assalom, Navro’z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” degan bosh g’oya asosida nishonlash zarurligi ta’kidlandi.

Navro’z bayramini munosib kutib olish maqsadida 2022 yil 18 mart kuni O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida “Xush kelding, Navro’z!” tantanali tadbiri o’tkazildi. Tantanali yig’ilishda O’zbekiston pedagogika fanlari instituti olimlari yosh avlodni milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashda asqotadigan ilmiy-metodik maqolalar, qo’llanma va tavsiyalar tayyorlash bilan munosib kutib olish haqidagi taklif va tavsiyalarni o’rga tashladilar. Tantanali yig’ilishda O’zbekiston pedagogika fanlari instituti olimlari yosh avlodni milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashda asqotadigan ilmiy-metodik maqolalar, qo’llanma va tavsiyalar tayyorlash bilan munosib kutib olish haqidagi taklif va tavsiyalarni o’rga tashladilar. Shuningdek, institut xodimlari va yosh ilmiy pedagogik kadrlar tomonidan Navro’z bayrami tadbiriga bag’ishlangan sahna ko’rinishlari,. bahor, go’zallik va ezgulik bayrami shodiyonalarini tarannum etuvchi kuy va qo’shiqlar ijro etildi. Tadbirda olimlar, xodimlar, oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilari, metodistlar, doktorantlar, magistrlar, iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.

 832 total views,  2 views today