Daily Archives: 24.03.2022

24Mar/22

Assalom, Navro’z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi

Ma’lumki, xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va ezgu qadriyatlarini o’zida yaqqol mujassam etgan Navro’zi olam eng qadimiy va ardoqli milliy bayramlarimizdan biri hisoblanadi. Navro’z bayramining qachon vujudga kelgani haqida bizgacha etib kelgan qadimiy manbalardan shu narsa ko’rinadiki, u O’rta Osiyo, Eron va Afg’onistonda Ahmoniylar davrida (miloddan avvalgi VI asrlarda) keng nishonlangan. Shu ma’noda Navro’zning tarixini 25-30 asrga teng deb taxmin qilish mumkin. Islomgacha bo’lgan davrda Navro’z bayrami kuni odamlar hayotning totli bo’lishini tilab, yaqinlariga shirinliklar hadya qilishgan, farovonlikda yashashni istab bir-birlariga suv sepishgan. Zardushtiylar ushbu bayramni sovuq qishdan qutulib, bahorga etishganlariga shukrona qilib gulxan atrofida nishonlashgan. Keyingi asrlarda Navro’z kunlarida hovli-joylarni tozalash, ko’kat va gullar ekish, ota-ona, yoru do’stlarni yo’qlash odat tusiga kirgan. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi farmonida bu yil bayramni “Assalom, Navro’z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” degan bosh g’oya asosida nishonlash zarurligi ta’kidlandi.

Davomini o’qish

 662 total views,  1 views today