«Ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish va maqolalar chop etishning zamonaviy usullari» mavzusida seminar-treningi tashkil etildi

Joriy yil 15-mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Aziz Zikriyoyevning «Ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish va maqolalar chop etishning zamonaviy usullari» mavzusida institut doktorantlari va institutda amaliyot o‘tayotgan TDPU 2-bosqich magistrantlari uchun seminar-treningi tashkil etildi.

Seminar-treningda xalqaro ilmiy bazalar tahlili, tadqiqotlarni xalqaro darajada tashkil etish va tahlil qilish kabi masalalar yuzasidan doktorant va magistrantlarga tushunchalar berildi. Seminar-treningda 30 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Institut rahbariyati tomonidan mazkur yo‘nalishda PhD Aziz Zikriyoyev bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash taklifi bildirildi.

 705 total views,  1 views today