UZPFITI maktablar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Maktab–ilmiy tadqiqot muassasasi hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy va umumjahon ilm-fanining yangi yutuqlarini o‘rganish va o‘zlashtirishga bo‘lgan intilishini rag‘batlantirish, o‘quvchilarni fundamental fan asoslarini egallashi va kasbga yo‘naltirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik qilish  maqsadida O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tashabbusi bilan bir necha hamkorlik ishlari amalga oshirilishi davom etmoqda.

Shunday tadbirlardan biri  2022-yil 9-fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari bilan «Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi» bo‘limi mudiri pedagogika fanlari doktori, professor Safarova Roxat Gaybillayevna hamda “Tabiy fanlarni o‘qitish texnologiyalari” bo‘limi mudiri, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim Qoraxonova Lobarxon Musaxonovna ishtirokida ikki bosqichda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Professor Р.Сафарова tadbir davomida o‘quvchilarga hozirgi kunda Yangi O‘zbekiston uchun xizmat qildigan barkamol shaxslar bo‘lib voyaga yetishlari, fanning ilg‘or yutuqlari asosida doimiy izlanishda bo‘lishlarini, yurt uchun, Yangi O‘zbekiston uchun xizmat qilish oliy sharaf ekanligi to‘g‘risida to‘lqinlanib gapirdilar.Tadbirning birinchi bosqichida maktabning katta konferens zalida o‘quvchilar bilan  davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida olimlarimiz tomonidan tadqiqot va ta’lim tarbiya sohasidagi hozirgi kungacha bosib o‘tilgan qadamlar, erishilgan yutuqlari, ta’lim va fanga qo‘shilgan ulkan hissalari, shogirdlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, shuningdek, kelgusidagi belgilab olingan ustuvor vazifalar haqida suhbat uzoq davom etdi.  Suhbat so‘ngida maktab o‘quvchilari tomonidan berilgan qiziqarli savollariga olimlar to‘liq va mazmunli javob berdilar.

Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 10-sentabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 44-son bayoni 29-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida T.N.Qori Niyoziy Nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari  ilmiy tadqiqot instituti direktori p.f.d., professor X.I.Ibragimov va Ibn Sino nomidagi respublika biologlar va kimyogarlar ixtisoslashgan maktabi direktori J.Kamolov o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Tadbirning ikkinchi va asosiy bosqichi Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbuslari bilan joriy yil bahor mavsumida “Yashil makon” loyihasi doirasida 125 mln dona daraxt ko‘chatlarini ekish loyihasiga o‘z hissamizni qo‘shish maqsadida tashabbus ko‘rsatib, bir necha tup mevali daraxt ko‘chatlarini ixtisoslashtirilgan maktab hududiga ekish ishlarini maktab rahbariyati va o‘quvchilar ishtirokida tantanali amalga oshirildi. Mazkur tashkil etilgan hamkorlikdagi ishlar ixtisoslashgan maktab yer hududiga “Akademiklar bog‘i”ga asos solinishiga sabab bo‘ldi.

O‘zPFITI bo‘lim mudirlari professor R.G.Safarova va katta ilmiy xodim L.M.Qoraxonova daraxt o‘tkazish ishlarida faol ishtirok etishdi.

Tadbir o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Ushbu hamkorlik ishlarini davom ettirilishi rejalashtirildi.

 658 total views,  1 views today