Mamlakatimizda 9-fevral – buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludi keng nishonlanmoqda

Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi

Mamlakatimizda 9-fevral – buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludi keng nishonlash an’anaga aylangan. Bu yil bobokalonimiz tavalludining 581 yilligi keng nishonlanmoqda.


Alisher Navoiy o‘zining boy ma’naviy merosi, shoh asarlari, nodir devonlari, betakror g‘azal va dostonlari bilan bashariyat tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan. Chunki alloma qalamiga mansub, yuksak mahorat va betakror so‘z san’ati ohangida yaratilgan, ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan bebaho ijod namunalari asrlar osha o‘z mazmun va sayqalini yo‘qotmay, ulkan ma’naviy meros va adabiyotimiz gultojiga aylangan.

 580 total views,  1 views today