“Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi: Inson kapitalini rivojlantirishda pedagogika fanining dolzarb vazifalari”

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti va  T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti hamkorligida bo’lib o’tgan “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi: Inson kapitalini rivojlantirishda pedagogika fanining dolzarb vazifalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy konferentsiyasi

PRESS-RELIZI

Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturi ijrosini tashkil etish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, inson kapitalini rivojlantirish, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash hamda milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish bo’yicha muayyan vazifalar belgilab berildi.

2022 yil 1 fevral kuni soat 11-00da T.N.Qori Niyoziy nomli O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetlari hamkorligida “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi: Inson kapitalini rivojlantirishda pedagogika fanining dolzarb vazifalari” mavzusida Respublika ilmiy-nazariy konferentsiyasi o’tkazildi. Konferentsiyaning maqsadi: Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyatini o’rganish va tegishli vazifalarni belgilab olish;

Konferentsiyaning vazifalari: taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyatini ilmiy-jamoatchilik va yosh tadqiqotchilar orasida keng targ’ib qilish va taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturi ijrosini tashkil etishdan iborat bo’ldi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahbarligida mamlakatda tub islohotlarni amalga oshirish, davlat boshqaruvini tubdan yangilash, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash – Yangi O’zbekistonni barpo qilish borasida keng ko’lamli yangilanish va tashabbuslar boshlandi. Ularni hayotga to’liq joriy etish ijtimoiy taraqqiyot mas’uliyatini o’z zimmasiga oladigan vatanparvar, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatiga ega bo’lgan iqtidorli va istiqbolli, malakali va raqobatbardosh professional kadrlarga juda katta ehtiyojni vujudga keltirdi. Bu ehtiyoj, birinchi navbatda, ta’lim-tarbiya to’g’risidagi pedagogika fani nazariyasi va amaliyotida tub islohotlar boshlanishiga turtki bo’ldi.

Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi ta’lim sohasi, pedagogika fanida ham o’ziga xos yangilanishlar davrini amalga oshirishga imkon yaratmoqda. Bu borada quyidagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish maqsadini qo’yadi. Ilmiy anjumanda Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalsha oshirishda yosh avlod inson kapitalini rivojlantirishning ahamiyati, bo’lajak pedagoglarni tayyorlashga qo’yilayotgan zamonaviy talablar va ularni amalga oshirish masalalari, yoshlar ta’lim-tarbiyasida SMART texnologiyalardan foydalanish usullari, shuningdek, yoshlar ma’naviy tarbiyasining dolzarb vazifalari;

– zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini amaliyotga, shu jumladan, nodavlat sektorida joriy etish; -o’quv-tarbiya jarayoniga o’qitishning zamonaviy ilg’or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, o’quvchilarning o’quv, psixologik va jismoniy yuklamasini optimallashtirishni hisobga olgan holda ta’limtarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish; -mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llagan holda yangilangan o’quv reja va dasturlarga muvofiq ishlab chiqilgan o’quv va o’quvmetodik adabiyotlarning yangi avlodi yaratilishi va nashr etilishini tashkil qilish;

o’quvchilarni Inson qadrini ulug’lashga o’rgatish, ularni yuksak ma’naviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik g’oyalarini yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko’rinishidagi yot g’oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash borasida fikr-mulohazalar, takliflar va tavsiyalar o’rtaga tashlandi. Anjuman ishida olimlar, xodimlar, oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilari, metodistlar, doktorantlar, magistrlar, iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.

O’zPFITI matbuot xizmati

 498 total views,  1 views today