Umumiy o’rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o’qitishni takomillashtirish texnologiyalari

Loyiha nomi: “Umumiy o’rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o’qitishni takomillashtirish texnologiyalari” nomli uslubiy qo’llanmani tayyorlash va chop ettirish

Loyiha maqomi:innovatsionnыy

Loyiha rahbari: Ismatov Ibroxim Shahriyorovich, pedagogika fanlari nomzodi.

Loyiha maqsadi: Umumiy o’rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o’qitishni takomillashtirishga yo’naltirilgan texnologiyalarni tanlash, tajriba sinovdan o’tkazish va amaliyotda qo’llashga doir uslubiy tavsiyalar tayyorlashdan iborat.

Loyiha vazifalari:

  1. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o’qitishni takomillashtirishga erishish uchun ilmiy va uslubiy izlanishlar olib borish, olingan natija va yangiliklarni o’qituvchilarga yetkazish, pedagogik tajriba-sinov ishlarini bajarish, tahlil qilish, berilayotgan tavsiya va takliflarning samaradorligini aniqlash.
  2. Loyihani bajarish uchun laboratoriya sharoitida izlanuvchi, qidiruvchi, sinab ko’ruvchi, eksperimental jihatdan foydali va samarali variantlardagi tajriba ishlarini tashkil etish va o’tkazish.
  3. Ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-ommabop hamda pedagogik-psixologik rukndagi adabiyotlar va ma’rifiy manbalar o’rganish, tahlil qilish hamda ulardan ijodiy tarzda foydalanish.
  4. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablarida tajriba-sinov ishlarini olib borish, ekperimental bazalar tashkil etish, ilg’or kimyo o’qituvchilarining ish tajribalari o’rganish va ularni tajriba-sinov ishlariga jalb etish.
  5. Kimyoviy eksperimentning tarixi, uning moddiy ta’minoti, kimyoviy eksperimentning o’qitish jarayonida bosh amaliy metod sifatidagi didaktik vazifalari, kimyoviy eksperimentning texnikasi va metodikasi, umumiy o’rta ta’limda kimyo eksperimentining tashkiliy va moddiy qiyinchiliklari, kimyoviy reaktivlarni o’zaro almashtirish va ularning mahalliy ta’minoti, kimyo laboratoriyasida yetishmaydigan reaktivlarni boshqasi bilan almashtirish, tabiiy manbalardan (o’simlik va hayvon mahsulotlaridan) kimyo eksperimentida foydalanish.
  6. Laboratoriya sharoitida kerakli moddalarni hosil qilish va ularni ajratib olish, qiziqarli tajribalarni tashkil etishda ularning muqobil variantlaridan haamda xo’jalik va turmush jihozlari hamda tibbiy va maishiy xizmatda ishlatiladigan asbob va idish hamda materiallardan kimyo eksperimentida ijodiy tarzda foydalanish.
  7. Kimyoviy eksperimentni tashkil etishda kompьyuter texnikasi imkoniyatlaridan foydalanish orqali kimyoviy eksperimentni tashkil etishga doir harakatli chizmalar asosida elektron qo’llanma va videolavhalar asosida elektron metodik qo’llanmalar yaratish. Bu qo’llanmalarning tuzilishi va mazmunini hamda ulardan kimyo o’qitish jarayonida foydalanish metodikasini bayon qilish, kimyoviy eksperiment mobaynida hisoblash ishlarini Excel dasturi yordamida bajarish, kimyo fanini o’qitishning rivojlantiruvchi xususiyatini oshirish, kimyo fanini o’qitishda komp’yuter o’yinlaridan foydalanishga doir tavsiyalarni ishlab chiqish hamda kimyo o’qituvchilari uchun amaliy yordam beruvchi uslubiy qo’llanmani tayyorlash va nashr ettirish.
  • Kutilayotgan natijalar:
  1. Kimyoviy eksperimentning tarixi, moddiy ta’minoti o’rganiladi va tahlil qilinadi.
  2. Kimyoviy eksperiment-kimyo ta’limining bosh amaliy metodi sifatida asoslanadi va uning kimyo o’qitishdagi mavqei tavsiflanadi.
  3. Kimyo laboratoriyasida yetishmaydigan reaktivlarni o’zaro almashtirish va ularning mahalliy ta’minoti (tabiiy manbalardan (o’simlik va hayvon mahsulotlaridan) foydalanish) bo’yicha tavsiyalar beriladi.
  4. Laboratoriya sharoitida kerakli moddalarni hosil qilish va ularni ajratib olish, qiziqarli tajribalarni tashkil etishda ularning muqobil variantlaridan foydalanish bo’yicha amaliy tavsiyalar beriladi.
  5. Xo’jalik jihozlari, tibbiy va maishiy xizmatda ishlatiladigan asbob va idishlardan kimyo eksperimentida foydalanish bo’yicha tavsiyalar beriladi.

     6.Harakatli chizmalar asosida kimyoviy eksperimentni tashkil etishga doir hamda  videolavhalar asosida kimyoviy eksperimentni tashkil etishga doir elektron qo’llanmalar yaratiladi va amaliyotga tavsiya qilinadi.

  1. Kimyoviy eksperiment mobaynida hisoblash ishlarini Excel dasturi yordamida bajarish uchun tavsiyalar ishlab chiqiladi, sinovdan o’tkaziladi va amaliyotga joriy etiladi.
  • yakuniy (innovatsion) natija:

“Umumiy o’rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o’qitishni takomillashtirish texnologiyalari” nomli uslubiy qo’llanma tayyorlanadi va chop ettiriladi.

 

 

 3,966 total views,  3 views today