09Iyun/22

Toshkent shahri umumtaʼlim maktablari o‘qituvchilari uchun inklyuziv taʼlim bo‘yicha seminar

8 iyun kuni Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida Toshkent davlat pedagogika universiteti va Respublika tashhis markazi hamkorligida inklyuziv taʼlim masalari bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Mazkur seminarda O‘zPFITI Inklyuziv taʼlim bo‘limining metodik yordami asosida, inklyuziv taʼlim joriy etilgan 55-umumtaʼlim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ishtirok etdilar.Treningda soha mutaxassislari inklyuziv taʼlimning O‘zbekiston maktablariga joriy etilishiga doir maʼlumotlarni yoritib berdilar.

 1,165 total views

08Iyun/22

Bugun «Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash» bo‘limida tayanch doktorantlar va doktorantlarning 6-oylik hisobotlarini taqdimotlari o‘tqazildi.

 445 total views

05Iyun/22

O‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum

Joriy yilning 3-iyun kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti hamda Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Mazkur memorandumning maqsadi tomonlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, O‘zbekiston Respublikasida pedagogika fanlari va ta’lim sohasidagi innovatsion ishlanmalarni targ‘ib qilish hamda amaliyotga joriy etish uchun uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

 445 total views

26May/22

2022-yil, 26-may kuni Direktor huzuridagi ishlab chiqarish yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son Farmoni (2022 yil 11 may) hamda ushbu Farmon ijrosini ta’minlash yuzasidan Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori keng muhokama qilinib, tegishli bandlar bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, endilikda institut xodimlari intizomi va mehnat faoliyatini o‘rganish va baholash bo‘yicha xalqaro baholash indikatori – KPI (Key Performance indicators) tizimiga o‘tilishi muhokama qilinib, uning mazmuni va mohiyati ochib berildi.

 517 total views

25May/22

2022 йил 25-май куни Хўжаобод туманида ҳамкорлик ишларини ташкил этиш мақсадида Қирғизистон давлат педагогика институти ўқитувчилари билан ЎзПФИТИ «Илмий-педагогик кадрлар тайёрлаш» бўлими мудири ҳамда докторантларнинг учрашуви бўлиб ўтди. Учрашувда Т.Н.Қори Ниёзий номидаги Ўзбекистон педагогика фанлари илмий тадқиқот институти ва Қирғизистон давлат педагогика институти ўртасида ҳамкорлик шартномаси имзоланди.

 612 total views

24May/22

2022 yil 24 may kuni.N.Qori Niyoziy nomidagi О‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti ilmiy bо‘limlari huzuridagi kengaytirilgan seminar yig‘ilishi о‘tkazildi.
Seminarda institutning 3 bosqich tayanch doktorantlari: Taylakova Guli Bekmuratovnaning 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bо‘yicha “Elektron ta’lim muhitida web texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, hamda Shermanova Feruza Djumaboyevnaning 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bо‘yicha “Maktabgacha yoshdagi bolalaning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini mediata’lim texnologiyalari asosida rivojlantirish” mavzularidagi pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyalari muhokamasi bо‘lib о‘tdi.

 684 total views

23May/22

Toshkent shahri umumtaʼlim maktablari o‘qituvchilari uchun inklyuziv taʼlim bo‘yicha trening

21 may kuni O‘zR xalq taʼlimi vazirligi ko‘magida O‘zPFITI «Inklyuziv taʼlim» bo‘limi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Toshkent davlat pedagogika universiteti va Respublika tashhis markazi hamkorligida o‘qituvchilar uchun inklyuziv taʼlim bo‘yicha trening o‘tkazildi.Mazkur treningda Toshkent shahrining Sergeli, Yashnobod, Mirobod, Yunusobod tumanlaridagi inklyuziv sinflar o‘qituvchilari uchun inklyuziv taʼlim jarayoniga oid masalalar, autizm, Daun sindromlariga ega va koxlear implantantli bolalarning inklyuziv muhitda taʼlim va tarbiyasi hamda reabilitatsiyasi masalalari muhokama etildi.Treningda soha mutaxassislari professor L.R.Muminova, dotsent D.A.Nurkeldiyeva, D.Madjidova, X.D.Kalbayeva inklyuziv taʼlimning O‘zbekiston maktablariga joriy etilishiga doir maʼlumotlarni yoritib berdilar.

 872 total views

21May/22

Chirchiq shahrida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekistonda pedagogik taʼlim innovatsion klasterini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazildi. Tadbirning tantanali ochilish marosimida T.N Qori Niyoziy Ozbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institut professori R.G.Safarova bugungi anjuman xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yo‘nalishlar va fanlararo gorizontal aloqalarni mustahkamlash borasida muhim ahamiyat kasb etishi xususida nutq so‘zladi.

 572 total views