06Mar/24

DOKTORANTLAR UCHUN GRANTLAR

2024-yil 5-mart kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish va ularni tayyorlaydigan muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish , boshqarmasi boshlig’i Kuchkarova Nargiza Sharifdjanovna bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Nargiza Kuchkarova institut doktorantlariga o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlash, UNESCO Mahatma Gandi Tinchlik va Barqarorlik instituti bilan hamkorlikdagi «Ta’lim inson uchun», «Kichkintoylar aqlini o‘stirish» loyihalari haqida so‘zlab berdi. Loyiha orqali ta’lim tizimida ijtimoiy va hissiy ta’limni yo‘lga qo‘yish, raqamli pedagogikani isloh qilish 2030-yilgacha «Barqaror rivojlanish»ning kun tatibida inson his-tuyg‘ularini samarali boshqarishni o‘rgaradigan onlie xalqaro kurslari tashkil qilinishini aytib o‘tdi. Tadbir so‘ngida doktoranlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 288 total views,  1 views today

06Mar/24

«Ayol – olam gultoji»

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti mart oyida bahor gullari bilan bezandi. Atrofdagi go‘zal shukh barchaning ko‘nglini ko‘tardi. 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan «Ayol – olam gultoji» deb nomlangan musiqaviy tadbir bo‘lib o’tdi. Unda institut olimlari va doktorantlari xotin-qizlarni bayram bilan tabriklab, ayollarimizni madh etuvchi kuy, qo‘shiqlar, musiqaviy dasturlarini namoyish etishdi. Institut direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik Xolboy Ibragimov jamoadagi xotin-qizlarni bir dasta she‘r bilan xushnud etdi. Shuhrat Nomozov ijrosidagi «Onajon» ashulasi barchaga birdek manzur bo‘ldi.

 297 total views

20Fev/24

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

2023- yil 20-fevral kuni “Hilton Toshkent City” mehmonxonasining katta zalida T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI tomonidan “Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya “Scince and innovation” xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda tashkil etildi. Anjumanga dunyoning nufuzli Universitet hamda institutlaridan professor o‘qituvchilar, olimlar, jumladan, Akademik Babajan G‘ofurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti, Azimova Mashhuraxon Xojiyevna, Amity universiteti dotsenti (Hindiston), Anita Banerjee, Linkoln Universiteti, Malaysiya (Shri-Lanka)dan SMBM Arshadlar ishtirok etdi. Mavzu yuzasidan ma’ruzalar tinglandi, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 369 total views

17Fev/24

Академиклар Бухоро давлат педагогика институтида бўлди

Қори-Ниёзий номидаги Ўзбекистон педагогика фанлари илмий-тадқиқот институти директори, академик Холбой Ибраимов ҳамда институт бўлим бошлиғи, академик Рисбой Жўраев Бухоро давлат педагогика институтига ташриф буюришди. Ташриф давомида бир қатор учрашувлар ва маҳорат дарслари ташкил қилинди.

 574 total views,  3 views today

13Yan/24

Samarqand viloyati Narpay tumani 33-sonli IDUMda T. N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Pedagogika fanlari doktori, akademik X.I. Ibraimov bilan «Birinchi va ikkinchi Renessans davrida Markaziy Osiyolik olimlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlari» mavzusida uchrashuv va mahorat darslari o‘tkazildi.
Barkamol shaxsni tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib, ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni  yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llari, usullari va qonun-qoidalari haqida hayotiy misollar bilan gapirib berdi.

 302 total views

13Yan/24

Samarqand viloyati Narpay tumani  Tortuvli MFYda T. N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Pedagogika fanlari doktori, akademik X.I. Ibraimov bilan «Ota-onalarni farzand tarbiyasidagi yangi pedogogik qarashlari» mavzusida mahalla faollari va yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

 271 total views

12Yan/24

Birinchi va ikkinchi Renessans davrida Markaziy Osiyolik olimlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlari» mavzusida uchrashuv

Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filialida T. N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Pedagogika fanlari doktori, akademik X.I. Ibraimov bilan «Birinchi va ikkinchi Renessans davrida Markaziy Osiyolik olimlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlari» mavzusida uchrashuv va mahorat darslari o‘tkazildi.Barkamol shaxsni tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib, ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni  yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llari, usullari va qonun-qoidalari haqida hayotiy misollar bilan gapirib berdi. O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti axborot xizmati

 390 total views

12Yan/24

Ustozning ibratli umri

2023-yil 11-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori X.I.Ibraimov bilan Samarqand viloyati Pedagogika markazi xodimlari hamda Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabalari ishtirokida “Birinchi va ikkinchi Renessans davrida Markaziy Osiyo olimlarining ilm-fan sohasidagi yutuqlari” mavzusida uchrashuv va mahorat darslari o‘tkazildi.

 240 total views,  1 views today

23Dek/23

“Zamonaviy pedagogik g‘oyalar” xalqaro anjuman

2023-yil 22-dekabr kuni “Inklyuziv ta’lim” bo‘limi boshlig‘i Dildora Madjidova akademik A.Kuatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universitetining 25-yilligi doirasida, pedagogika fanlari doktori, professor Omar Yesenali Omarovich tavalludining 80-yilligiga bag‘ishlangan “Zamonaviy pedagogik g‘oyalar” xalqaro anjumanida ishtirok etdi. Anjuman yalpi yig‘ilishida D.Madjidova “O‘zbekistonda inklyuziv ta‘limning dolzarb masalalari” mavzusida ma’ruza bilan qatnashdi. Anjumanning maqsadi: xorijiy va mahalliy oliy o‘quv yurtlari bilan yaqin ishchi aloqalarini muvaffaqiyatli davom ettirish, ikki diplomli ta’lim, malaka oshirish, tajriba almashish, zamonaviy pedagogik g‘oyalarni targ‘ib qilish.

 286 total views