18Apr/24

“Raqamli didaktika va madaniyat: zamonaviy tendentsiyalar, yondashuvlar, yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya

🔸Bugun OʻzPFITI tomonidan oʻtkazilgan “Raqamli didaktika va madaniyat: zamonaviy tendentsiyalar, yondashuvlar, yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyada xorijiy va respublikamiz professorlari, olimlari va ilmiy tadqiqotchilari ishtirok etishdi.
✨Konferensiyani institut direktori, p.f.d., akademik Ibraimov Xolboy Ibragimovich ochib berdi.
Shundan so‘ng ma’ruzachilarning: Professor Seungjik Lee – “Ta’lim jarayonida sun’iy intellekt hamda buyumlar internetidan foydalanish”, A.Y.Ibraymov – “Ta’lim jarayonini raqamlashtirilgan pedagogik dizayn vositalari asosida strategik loyihalashtirish mexanizmlari”, A.B.Kamilova – “Maktabda shaxmatni oʻrgatishda raqamli koʻrgazmali qurollarning metodik xususiyatlari”, A.X.Maxmudov – “Raqamli didaktikada vizuallashtirishning o‘ziga xos jihatlari” mavzusida ma’ruzalari tinglandi.
🔸Konferensiya ishtirokchilari raqamli didaktika bo‘yicha eng so‘nggi yangilik va ta’lim dasturlari haqida ma’lumotlardan xabardor bo‘ldilar.

 18 total views

05Apr/24

«Olima ayollar» tanlovi

2024-yil 4-aprel kuni «Olima ayollar» ilmiy loyihalar tanlovi navbatdagi turini saralash natijalariga ko‘ra moliyalashtirishga tavsiya qilingan 68 nafar Respublikaning turli hududlaridagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida faoliyat yuritayotgan olimalarimizni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
🏆Mazkur taqdirlash marosimida O‘zPFITI bo‘lim mudirlari L.M.Qoraxonova va M.Inoyatovalarning ilmiy tadqiqot loyihalari muvaffaqiyatli ishtirok etib, tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
💐Olimalarimizga mazkur tadqiqot loyihasini samarali amalga oshirishda kattadan katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!
✨Loyihaning kelgusida ilmiy yutuqlar bilan natijalarga erishishida omad tilaymiz!

 73 total views

16Mar/24

TAʼLIM SIFATINI OSHIRISH BO‘YICHA REJALAR

Qo‘qon shahar hokimi Usmonov Maruf Azamovich hamda T. N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, akademik Xolboy Ibraimov bilan 2024-yil 16-mart kuni navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda ta‘lim sifatini oshirish va kelgusidagi o‘quv ishlarini rejalashtirish bo‘yicha kelishib olindi.

 140 total views

16Mar/24

MEMORANDUM IMZOLANDI!

Buvayda tumani ixtisoslashtirilgan maktab va T.N.Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. OʻzPFITI direktori, akademik Xolboy Ibraimov va ixtisoslashgan maktab direktori Kamolov Otabek No‘monjonovich oʻrtasida imzolangan shartnoma kelgusida pedagog kadrlarning salohiyatini oshirish uchun xizmat qiladi.

 98 total views

15Mar/24

IJODIY SAFAR DAVOM ETMOQDA!

T.N.Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, akademik Xolboy Ibraimovning bugungi tashrifi Fargʻona viloyati Buvayda tumanidagi ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻlib oʻtdi. Tadbirda professorlar, olimlar, mahalla faollari, maktab direktorlari, oʻqituvchilar va oʻquvchilar ishtirok etishdi. Akademik Xolboy Ibraimov nutqida «Uchinchi Renessans bunyodkorlari» va taʼlim sifati toʻgʻrisida fikr yuritildi.

 83 total views

14Mar/24

Qo’qon Davlat Pedagogika instituti jamoasi bilan uchrashuv

2024-yil 14-mart kuni Muqimiy nomidagi Qo‘qon Davlat Pedagogika institutida Pedagogika fanlari doktori, akademik Xolboy Ibragimov bilan uchrashuv bo‘lib o’tdi. Unda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti doktorantlari, pedagogika sohasidagi olimlar, Qo‘qon Pedagogika instituti jamoasi ishtirok etdi. Tadbir institut hayotidan hikoya qiluvchi ko‘rgazma bilan boshlandi. O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijro etildi. Institut rektori Dilnoza Shavkatovna mehmonlarni tashrif bilan qutlab, tarixiy institut haqida so‘zlab berdi. Uchrashuv avvalida institut faoliyati bilan bog’liq video rolik namoyish etildi. So‘z akademik Xolboy Ibragimovga berildi. Akademik «Buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari» mavzusida ma‘ruza qildi. Pedagogika sohasida nashr qilinayotgan darsliklar, farzand tarbiyasida ota-onaning o‘rni, Abu Rayhon Beruniy va Yassaviyning pedagogik qarashlari haqida so‘zlab berdi.
Qo‘qon Davlat Pedagogika instituti Pedagogika- psixologiya fakulteti dekani Nigora Erkaboyeva va ilmiy va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektor Nurbek Jo‘rayevlar so‘zga chiqdi.
Muqimiy nomidagi Qo‘qon Davlat instituti hamda T. N. Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Tadbir yakunida Akademik Xolboy Ibragimovga Qo‘qon Davlat Pedagogika instituti faxriy akademigi unvoni berildi.

 109 total views,  1 views today

12Mar/24

XOTIN-QIZLARGA E’TIBOR VA EHTIROM

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti mustaqil izlanuvchisi Shomalikova Dilfuza Shoyunusovna 8-mart- Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Miromonovich farmoniga asosan «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi. Shu munosabat bilan institut direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik Xolboy Ibragimov institut izlanuvchisini mukofot bilan qutlab, ilmiy tadqiqot institutida Shomalikova Dilfuza kabi olim va olimalar safi ko’payishini tiladi.

 77 total views

06Mar/24

DOKTORANTLAR UCHUN GRANTLAR

2024-yil 5-mart kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish va ularni tayyorlaydigan muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish , boshqarmasi boshlig’i Kuchkarova Nargiza Sharifdjanovna bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Nargiza Kuchkarova institut doktorantlariga o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlash, UNESCO Mahatma Gandi Tinchlik va Barqarorlik instituti bilan hamkorlikdagi «Ta’lim inson uchun», «Kichkintoylar aqlini o‘stirish» loyihalari haqida so‘zlab berdi. Loyiha orqali ta’lim tizimida ijtimoiy va hissiy ta’limni yo‘lga qo‘yish, raqamli pedagogikani isloh qilish 2030-yilgacha «Barqaror rivojlanish»ning kun tatibida inson his-tuyg‘ularini samarali boshqarishni o‘rgaradigan onlie xalqaro kurslari tashkil qilinishini aytib o‘tdi. Tadbir so‘ngida doktoranlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 124 total views

06Mar/24

«Ayol – olam gultoji»

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti mart oyida bahor gullari bilan bezandi. Atrofdagi go‘zal shukh barchaning ko‘nglini ko‘tardi. 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan «Ayol – olam gultoji» deb nomlangan musiqaviy tadbir bo‘lib o’tdi. Unda institut olimlari va doktorantlari xotin-qizlarni bayram bilan tabriklab, ayollarimizni madh etuvchi kuy, qo‘shiqlar, musiqaviy dasturlarini namoyish etishdi. Institut direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik Xolboy Ibragimov jamoadagi xotin-qizlarni bir dasta she‘r bilan xushnud etdi. Shuhrat Nomozov ijrosidagi «Onajon» ashulasi barchaga birdek manzur bo‘ldi.

 132 total views