All posts by admin

25May/22

2022 йил 25-май куни Хўжаобод туманида ҳамкорлик ишларини ташкил этиш мақсадида Қирғизистон давлат педагогика институти ўқитувчилари билан ЎзПФИТИ «Илмий-педагогик кадрлар тайёрлаш» бўлими мудири ҳамда докторантларнинг учрашуви бўлиб ўтди. Учрашувда Т.Н.Қори Ниёзий номидаги Ўзбекистон педагогика фанлари илмий тадқиқот институти ва Қирғизистон давлат педагогика институти ўртасида ҳамкорлик шартномаси имзоланди.

 222 total views,  2 views today

24May/22

2022 yil 24 may kuni.N.Qori Niyoziy nomidagi О‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti ilmiy bо‘limlari huzuridagi kengaytirilgan seminar yig‘ilishi о‘tkazildi.
Seminarda institutning 3 bosqich tayanch doktorantlari: Taylakova Guli Bekmuratovnaning 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bо‘yicha “Elektron ta’lim muhitida web texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, hamda Shermanova Feruza Djumaboyevnaning 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bо‘yicha “Maktabgacha yoshdagi bolalaning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini mediata’lim texnologiyalari asosida rivojlantirish” mavzularidagi pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyalari muhokamasi bо‘lib о‘tdi.

 225 total views,  2 views today

23May/22

Toshkent shahri umumtaʼlim maktablari o‘qituvchilari uchun inklyuziv taʼlim bo‘yicha trening

21 may kuni O‘zR xalq taʼlimi vazirligi ko‘magida O‘zPFITI «Inklyuziv taʼlim» bo‘limi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Toshkent davlat pedagogika universiteti va Respublika tashhis markazi hamkorligida o‘qituvchilar uchun inklyuziv taʼlim bo‘yicha trening o‘tkazildi.Mazkur treningda Toshkent shahrining Sergeli, Yashnobod, Mirobod, Yunusobod tumanlaridagi inklyuziv sinflar o‘qituvchilari uchun inklyuziv taʼlim jarayoniga oid masalalar, autizm, Daun sindromlariga ega va koxlear implantantli bolalarning inklyuziv muhitda taʼlim va tarbiyasi hamda reabilitatsiyasi masalalari muhokama etildi.Treningda soha mutaxassislari professor L.R.Muminova, dotsent D.A.Nurkeldiyeva, D.Madjidova, X.D.Kalbayeva inklyuziv taʼlimning O‘zbekiston maktablariga joriy etilishiga doir maʼlumotlarni yoritib berdilar.

 226 total views

21May/22

Chirchiq shahrida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekistonda pedagogik taʼlim innovatsion klasterini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazildi. Tadbirning tantanali ochilish marosimida T.N Qori Niyoziy Ozbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institut professori R.G.Safarova bugungi anjuman xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yo‘nalishlar va fanlararo gorizontal aloqalarni mustahkamlash borasida muhim ahamiyat kasb etishi xususida nutq so‘zladi.

 250 total views

21May/22

2022 yil 21-may kuni Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani 1, 32, 4 -umumiy ōrta ta’lim maktablarida  tuman Xalq ta’limi bōlimi hamda T.N.Qori Niyoziy nomidagi Ōzbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti  xodimlari  bilan tashkil etilgan navbatdagi seminar-treninglar  bōlib òtdi.

Seminar-treninglarda mazkur institutning  direktor  o`rinbosarlari  p.f.d.  A.Maxmudov va  Z.Rōziyevalar, bo`lim boshligi  Yu. Zemlina va doktorant R. Azizovlar  tuman o`qituvchilariga   amaliy mashgulotlar o`tgazdilar

 247 total views

20May/22

“YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA YOSHLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING DOLZARB MASALALARI” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

2022-yil 20-mayda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘tkazilgan “YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA YOSHLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING DOLZARB MASALALARI” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida O’zPFITI direktori, p.f.d., prof. X.I.Ibraimov «Vatanparvarlik tarbiyasi – harbiy pedagogikaning tadqiqot obyekti sifatida» mavzusidagi mazmunli ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

 136 total views,  1 views today

20May/22

“Yangi O‘zbekistonda pedagogik ta’lim innovatsion klasterini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

2022-yil 20-mayda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekistonda pedagogik ta’lim innovatsion klasterini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida bo’lib o’tgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning yalpi yig’ilishida O’zPFITI direktori, p.f.d., prof. X.I.Ibraimov «Ta’limda integratsiya –intellektual taraqqiyot omili sifatida» mavzusidagi mazmunli ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

 300 total views

20May/22

Nurafshonda o‘tkazilgan «Ochiq osmon ostidagi maktab” loyihasi nogiron yoshlarni birlashtirdi

2022 yil 18 may kuni Toshkent viloyati Nurafshon shahar amfiteatrida Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi hamkorligida «Ochiq osmon ostidagi maktab” ijtimoiy, mobil-metodik tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Nogironligi bo‘lgan bolalarning ijodiy chiqishlari, ularning qo‘l mehnatlari jamlangan yarmarkalar bo‘lib o‘tdi.

https://xs.uz/uzkr/78235

 190 total views