Monthly Archives: Dekabr 2024

20Dek/24

Tarbiya pedagogikasi milliy institutida Yaponiyalik pedagog bilan uchrashuv

“ Tarbiyaga O‘zbekistonda ham Yaponiyadagidek e’tibor qaratilayotganidan behad mamnun bo‘ldim”deydi Farg‘ona viloyati hokimining Ta’lim bo‘yicha maslahatchisi, tajribali pedagog Goto Mikako Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida shu sohadagi xorijiy mamlakatlar ilmiy tadqiqot institutlari olimlari va mutaxassislari bilan o‘zaro aloqalar ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Farg‘ona viloyati hokimining Ta’lim bo‘yicha maslahatchisi, tajribali pedagog Goto Mikakoning institut olimlari va doktorantlari bilan bo‘lgan uchrashuvi fikrimizga yaqqol dalil bo‘la oladi. Institutimizning bir guruh vakillari Yaponiyada bo‘lib, u yerdagi ta’lim, xususan, tarbiya sohasida olib borilayotgan ishlar, bu borada to‘plangan tajribalar bilan bevosita tanishib qaytgan edi. Bugungi uchrashuvni ana safar va aloqalarimizning mantiqiy davomi, deb atash mumkin,– dedi Qori Niyoziy nomidani Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik Xolboy Ibraimov.Uchrashuvda Goto Mikako Yaponiya ta’lim tizimi tajribasi, ta’limda oila va tarbiyaning o‘rni xususida keng ma’lumot berdi. Biz ham jug‘rofiy, ham mintalitet jihatidan sharqlik sanalamiz. Shu bois bizning mushtarak va uyg‘un jihatlarimiz juda ko‘p. Bu, o‘z navbatida, Yaponiya bilan O‘zbekiston ta’lim va tarbiya sohasida yaqin hamkorlik o‘rnatishida mustahkam zamin bo‘la oladi. Yaponiyada tarbiya bundan uch yil avval maktablarda qo‘shimcha fan sifatida o‘rgatilgan bo‘lsa, endilikda asosiy fanlar qatoriga kiritildi. Meni xursand qilgan jihat shundan iboratki, bugungi kunda O‘zbekistonda ham tarbiya asosiy fanlar qatorida o‘qitimoqda. Ayniqsa joriy yilda Prezident qarori bilan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tashkil etilgani meni nihoyatda quvontirdi. Bugungi kunda juda ko‘p mamlakatlarda tarbiyaga alohida e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Chunki dunyo miqyosidagi integratsiya va globallashuv jarayonlari , axbort kommunikatsiya vositalarining keng rivojlanishi, ayniqsa, axbarot tarqalishi va almashinuvining tezkorligi va chegara bilmasligi yoshlarimizda axloq va tarbiyaga bo‘lgan ehtiyoj va e’tiborni yanada oshirdi. Yoshlarimizni turli xil ta’sir va tahdidlardan asrash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni saqlash va tiklashda bu juda ham muhims vosita sanaladi, dedi mehmon.Goto Mikako institut jamoasiga Yaponiyadagi Chibo universiteti olimlari tomonidan tayyorlangan ta’lim va oilada tarbiya metodikasiga doir darslik va qo‘llanmalar taqdim etdi. Farg‘ona viloyati hokimining Ta’lim bo‘yicha maslahatchisi, tajribali pedagog Goto Mikako poytaxtimizdagi bir qancha davlat va xususiy maktab hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, u yerdagi ta’lim va tarbiya tizimi hamda metodikalari bilan yaqindan tanishdi.

Institut matbuot kotibi I.Xudoyorov

 63 total views,  6 views today

06Dek/24

Akademik Xolboy Ibragimov universitet talaba-yoshlari bilan uchrashdi

Akademik tadbir ishtirokchilariga oʻzining ilmiy va amaliy faoliyati, akademik darajasigacha yetib kelishdagi sermashaqqat hayot yoʻli, mehnatlari haqida soʻzlab berdi. Shuningdek, bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor va ilm-fan sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida toʻxtalib, talaba-yoshlarni yaratilayotgan bunday imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirdi.

🔸Akademik X.Ibragimov yurtimizdagi ilm-fan sohasi uchun malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda qoʻshayotgan fidokorona hissasi, koʻp yillik samarali mehnatlari hamda Navoiy davlat universiteti bilan hamkorligi uchun universitet rahbariyati tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Uchrashuv yakunida talaba-yoshlar qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

🔹Tashrif chogʻida akademik Xolboy Ibragimov universitet tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi faoliyati bilan tanishdi.

 83 total views,  3 views today

06Dek/24

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Xolboy Ibragimov Navoiy davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Dastlab akademik X.Ibragimov universitet rektori, professor M.Kalonov bilan uchrashib, doʻstona va samimiy muloqot qildi. Muloqot davomida oliy taʼlim dargohini yangi bunyod etilayotgan kampusi, shuningdek, oʻquv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-tadqiqot sohalari haqida maʼlumot berildi.

 93 total views,  2 views today