Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tomonidan «MARKAZIY OSIYO AYOLLARINING TADQIQOTCHILIK KOMPЕTЕNSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA GЕNDЕR TЕNGLIK TAMOYILI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Joriy yilning 10-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tomonidan «MARKAZIY OSIYO AYOLLARINING TADQIQOTCHILIK KOMPЕTЕNSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA GЕNDЕR TЕNGLIK TAMOYILI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Anjumanda nafaqat yurtimiz va qoʻshni davlatlardan, balki jahon mamlakatlaridan ham taniqli olimlar va professorlar ishtirok etishdi.

TDPU talabalari tomonidan madhiyamizning jonli ijro etilishi, dutorchi qizlar tomonidan milliy kuy navolar, shuningdek, shoʻbalar oʻrtasidagi maxsus kofe-breyk
konferensiya ishtirokchilarida alohida taassurot qoldirdi.

📑 Konferensiyaga 200 ga yaqin ilmiy maqolalar qabul qilindi.
Anjuman soʻngida ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanishdi.

 146 total views,  1 views today