Daily Archives: 08.10.2024

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi

🔹Joriy yilning 5-oktabr kuni Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida O‘zbekiston va Rossiyaning Pedagogika hamda Tarbiya sohasida olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlar va islohotlar borasida Qozon Federal universiteti (KFU) rektori Kalimullin Aydar Minimansurovich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda institut direktori akademik X.Ibraimov so‘zga chiqib, O‘zbekistonda ta’lim va tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda hozirgi zamonaviy o‘qituvchining imidji-etiketi haqida ma’lumot berib o’tdi.

Shundan so‘ng Qozon Federal universiteti (KFU) rektori A.Kalimullin tomonidan
Rossiyada ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlar hamda QFU ning pedagogika, psixologiya va Tarbiya sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda hozirgi pedagogikaning tendentsiyalari, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabati haqida so‘z bordi. Uchrashuv yakunida bir qancha ilmiy va amaliy ishlar yuzasidan oʻzaro kelishib olindi.

 126 total views