Daily Archives: 04.10.2024

04Okt/24

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida “Tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchi-yoshlarning tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman

Joriy yilning 25 sentyabr kuni Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida “Tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchi-yoshlarning tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzusida repsublika miqyyosida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Ilmiy-amaliy anjumanda asosiy maqsad va vazifalari uzluksiz ta’limi tizimi bosqichlarida tabiiy fanlar, jumladan, biologiya, kimyo, geografiya, astronomiya va fizika fanlarini o‘qitilishining hozirgi holati va takomillashtirish masalalaridan iborat bo‘lib, bevosita tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchi-yoshlarning tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirish, xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash borasida uchrayotgan muammolar va ularning yechimlarni muhokama qilishga e’tibor qaratildi. Mazkur konferensiyada uzluksiz ta’limi tizimi bosqichlarida tabiiy fanlar, jumladan, biologiya, kimyo, geografiya, astronomiya va fizika fanlarini o‘qitishda o‘quvchi-yoshlarning tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirishning hozirgi holati va takomillashtirish masalalari bo‘yicha professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, amaliyotchi o‘qituvchilar, magistrlar shuningdek talabalar ishtirok etdi.

 94 total views