Monthly Archives: Oktabr 2024

25Okt/24

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti jamoasi Qozon shahrida

Bugun 25-oktabr 2024-yil Qozon shahridagi Kazan (Привольжский) Federal Universitetining Psixologiya va Ta’lim Institutida “Современное националное образование: антропологические, дидактические, поликултурные аспекты, посвященной Году семьи в России” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur ilmiy-amaliy konferensiyaga Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik, O‘zbekiston fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi Ibraimov Xolboy Ibragimovich boshchiligida institut olimlari, tayanch doktorantlar tashrif buyurdilar va ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.

 75 total views,  1 views today

23Okt/24

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan nufuzli anjuman bo’lib o’tdi!

⭐️ 2024-yil 21-oktabr kuni Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti hamda «Science and innovation» xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Yangi O‘zbekistonda o‘zbek adabiy tilining rivojlanish tendensiyalari: muammolar, yechimlar, tavsiyalar” mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi!

 39 total views

18Okt/24

O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi Ibraimov Xolboy Ibragimovich bilan Andijon davlat universitetida uchrashuv bo’lib o’tdi

Bugun, 17-oktyabr kuni Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, professor, O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi Ibraimov Xolboy Ibragimovich Andijon davlat universitetida bo’ldi.

Universitetning kichik majlislar zalida Xolboy Ibragimovich ta’lim muassasamiz professor-o’qituvchilari hamda talabalari bilan uchrashdi. Unda akademik milliy ozodlik yo‘lida siyosiy faoliyat olib borgan jadidlarimizning va jadidchilik faoliyatining maqsadi haqida batafsil so‘zlab, «Farzand tarbiyasida ota-ona mas’uliyatini oshirish: pedagogik hamkorlik yo’llari» mavzusida hayotiy misollar orqali ko’p yillik tajribasidan kelib chiqib suhbat olib bordi.

Tashrif so’nggida, tadbir ishtirokchilari Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyida bo’ldi.

 69 total views,  1 views today

18Okt/24

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida akademik Xolboy Ibraimov bilan uchrashuv

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida akademik Xolboy Ibraimov bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔸Uchrashuvda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, akademik Xolboy Ibraimov o‘zbek tili nafaqat muomala vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi va tarixi hamda milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz bizga ona tilimiz yordamida meros bo‘lib qolganligi to‘g‘risida fikrlar bildirildi. Shuningdek, til – muqaddas ona kabi azizligi, bizning o‘zbek tilimiz hech qaysi tildan kam emasligi to‘g‘risida ta’kidladi.

🔹 Shuningdek, farzand tarbiyasida ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, yoshlarning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va insoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usi shakllanishida, har tomonlama barkamol etib tarbiyalanishida buyuk mutafakkir ajdodlarimiz merosi katta ahamiyat kasb etishi aytib o‘tildi.

 78 total views,  1 views today

18Okt/24

Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tomonidan «MARKAZIY OSIYO AYOLLARINING TADQIQOTCHILIK KOMPЕTЕNSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA GЕNDЕR TЕNGLIK TAMOYILI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Joriy yilning 10-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tomonidan «MARKAZIY OSIYO AYOLLARINING TADQIQOTCHILIK KOMPЕTЕNSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA GЕNDЕR TЕNGLIK TAMOYILI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Anjumanda nafaqat yurtimiz va qoʻshni davlatlardan, balki jahon mamlakatlaridan ham taniqli olimlar va professorlar ishtirok etishdi.

TDPU talabalari tomonidan madhiyamizning jonli ijro etilishi, dutorchi qizlar tomonidan milliy kuy navolar, shuningdek, shoʻbalar oʻrtasidagi maxsus kofe-breyk
konferensiya ishtirokchilarida alohida taassurot qoldirdi.

📑 Konferensiyaga 200 ga yaqin ilmiy maqolalar qabul qilindi.
Anjuman soʻngida ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanishdi.

 61 total views,  1 views today

09Okt/24

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida Drezden Texnologiya Universiteti professori JULIA KOINOVA-ZOELLNER bilan uchrashuv

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida 2024-yil 8-oktabr kuni Germaniya Federativ Respublikasidan tashrif qilgan Drezden Texnologiya Universiteti professori JULIA KOINOVA-ZOELLNER bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Uchrashuvni institut direktori akademik X.Ibraimov ochib berdi va institut faoliyatiga bagʻishlab tayyorlangan maxsus videorolik namoyish etildi.
🇩🇪Shundan so‘ng Drezden Texnologiya Universiteti professori JULIA KOINOVA-ZOELLNER so‘zga chiqib, Germaniyada ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va o’qituvchilarni faollashtirishning ijtimoiy shakllari va usullari «Didaktika, faol mashg’ulotlarni rejalashtirish hamda dunyoda pedagogik bilimlarni shakllantirish zamonaviy ta’lim paradigmasi doirasida ta’limning ahamiyatini ochish» haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

♻️Uchrashuvda institut olimlari va doktorantlari ham o‘z fikr-mulohazalari bilan qizg‘in ishtirok etishdi.

 58 total views

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi

🔹Joriy yilning 5-oktabr kuni Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida O‘zbekiston va Rossiyaning Pedagogika hamda Tarbiya sohasida olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlar va islohotlar borasida Qozon Federal universiteti (KFU) rektori Kalimullin Aydar Minimansurovich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda institut direktori akademik X.Ibraimov so‘zga chiqib, O‘zbekistonda ta’lim va tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda hozirgi zamonaviy o‘qituvchining imidji-etiketi haqida ma’lumot berib o’tdi.

Shundan so‘ng Qozon Federal universiteti (KFU) rektori A.Kalimullin tomonidan
Rossiyada ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlar hamda QFU ning pedagogika, psixologiya va Tarbiya sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda hozirgi pedagogikaning tendentsiyalari, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabati haqida so‘z bordi. Uchrashuv yakunida bir qancha ilmiy va amaliy ishlar yuzasidan oʻzaro kelishib olindi.

 85 total views,  2 views today

04Okt/24

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida “Tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchi-yoshlarning tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman

Joriy yilning 25 sentyabr kuni Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida “Tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchi-yoshlarning tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzusida repsublika miqyyosida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Ilmiy-amaliy anjumanda asosiy maqsad va vazifalari uzluksiz ta’limi tizimi bosqichlarida tabiiy fanlar, jumladan, biologiya, kimyo, geografiya, astronomiya va fizika fanlarini o‘qitilishining hozirgi holati va takomillashtirish masalalaridan iborat bo‘lib, bevosita tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchi-yoshlarning tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirish, xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash borasida uchrayotgan muammolar va ularning yechimlarni muhokama qilishga e’tibor qaratildi. Mazkur konferensiyada uzluksiz ta’limi tizimi bosqichlarida tabiiy fanlar, jumladan, biologiya, kimyo, geografiya, astronomiya va fizika fanlarini o‘qitishda o‘quvchi-yoshlarning tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirishning hozirgi holati va takomillashtirish masalalari bo‘yicha professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, amaliyotchi o‘qituvchilar, magistrlar shuningdek talabalar ishtirok etdi.

 61 total views