Monthly Archives: Iyun 2024

24Iyun/24

«Yangi Oʻzbekiston taʻlim sharoitida talabalarni umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammo va yechimlar» mavzusida konferensiya

Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida 20-iyunda «Yangi Oʻzbekiston taʻlim sharoitida talabalarni umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammo va yechimlar» mavzusida konferensiya boʻlib oʻtdi.
🔹Konferensiyada ilmiy-tadqiqot instituti professorlari va doktorantlari, Urganch davlat pedagogika instituti rektori, «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti va vazirlikning bir qancha masʼul xodimlari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
🔸Konferensiya davomida umuminsoniy qadriyatlar har bir zamon va makonda oʻz ahamiyatini yoʻqotmasligi taʼkidlandi. Tadbir soʻngida har bir maʼruzachi oʻz xulosalarini aytib oʻtishdi.

 123 total views,  3 views today

05Iyun/24

“Pedagogik jihatdan ko‘p qirrali xalqaro munosabatlarning jadal rivojlanishi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida 2024-yil 4-iyunda “Pedagogik jihatdan ko‘p qirrali xalqaro munosabatlarning jadal rivojlanishi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
🔹Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi, Hindiston, Finlyandiya, Malayziya, Belarus Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Tojikiston Respublikasidan 120 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari olimlari, umumta’lim maktablari o‘qituvchilari, doktorantlar, tadqiqotchilar, amaliyotchilar ishtirok etdi.

 96 total views,  4 views today