“Gender modellar vositasida o‘quvchi hamda talaba-yoshlarda madaniy xulq-atvorni shakllantirish mexanizmlari: muammolar, yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2024-yilning 21-may kuni “Gender modellar vositasida o‘quvchi hamda talaba-yoshlarda madaniy xulq-atvorni shakllantirish mexanizmlari: muammolar, yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Unda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  1. Gender modellar vositasida o‘quvchi va talaba-yoshlarda milliy madaniy xulq-atvorni shakllantirishga oid tarixiy tajribalar va xalqaro yondashuvlar tahlili;
  2. Gender yondashuv asosida o‘quvchi-yoshlarda milliy madaniy xulq-atvorni rivojlantirish mexanizmlari;
  3. Gender modellar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-madaniy tafakkurini rivojlantirish strategiyalari;
  4. Ota-onalarning o‘g‘il va qiz bolalar tarbiyasiga individual yondashuv madaniyatini rivojlantirish metodikasi;
  5. Gender modellar yordamida taʼlim jarayoni subʼektlarida ijtimoiy madaniy faoliyat tajribasini shakllantirish texnologiyalari.
    Konferensiya ishida respublikamizning nufuzli oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari akademiklari, professor o‘qituvchilari, katta ilmiy xodimlari, doktorantlari va magistrlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
    Xalqaro anjumanda 250 dan ortiq kuzatuvchilar, shulardan 100dan ortiq ishtirokchi ma’ruzasi bilan qatnashdi. Xorijiy ishtirokchilar 13 ta, shundan 9 nafari ma’ruza bilan qatnashdi (Rossiya, Koreya, Belarussiya, Ozorbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston).
    Konferensiya yakunida gender pedagogikasi, o‘quvchi va talaba yoshlarda gender mansublik, gender rollar, gender madaniyat va gender tolerantlikni shakllantirishga yo‘naltirgan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqildi.

 244 total views,  1 views today