O‘zbek oilalari uchun o‘zbek tili darslarini, milliy tarbiya va madaniyatni birgalikda tashkil qilish va yo‘lga qo‘yish bo‘yicha onlayn yig‘ilish

Bugun 17-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekistondan tashqaridagi O‘zbek oilalari uchun o‘zbek tili darslarini, milliy tarbiya va madaniyatni birgalikda tashkil qilish va yo‘lga qo‘yish bo‘yicha onlayn yig‘ilish tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbek tili kurslari maslahat guruhi, O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi vakillari va O‘zbekiston Xalq taʼlim vazirligidan mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti olimlaridan tashkil etilgan ishchi guruh aʼzolari ham ishtirok etishdi (bo‘lim mudirlari prof. M.Quronov va dots. L.Karaxonova).
Mazkur tadbir onlayn tarzda tashkil etilib, unda hozirgi kunda AQSH va boshqa xorijiy yurtlarda istiqomat qilayotgan o‘zbek oilalari farzandlarining o‘zbek tiliga munosabati, muloqot qilish imkoniyatlari, shuningdek, o‘zbekona urf-odatlar, ularni bilish, o‘rganish va kelajakda o‘zbekona milliy tarbiyaning saqlanib qolishida uchrayotgan muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlandi. Uchrashuv davomida Amerikadagi elchixona vakili, xorijda hozirda istiqomat qilayotgan va bevosita til o‘rganish muammosiga o‘z mehnatlarini sarf qilayotgan mutaxassislarning fikr-mulohazalari tinglandi

 702 total views,  1 views today