Daily Archives: 18.10.2022

18Okt/22

O‘zPFITI mutaxassislari «InnoWeek.uz-2022» Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligining ochilish marosimida ishtirok etdilar

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan «InnoWeek.uz-2022» Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar vakillari tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan innovatsion texnologiyalar, alternativ va energiya tejamkor mahsulotlar, yashil innovatsiyalar ko‘rgazmalari taqdimotida institut bo‘lim mudirlari L.Qoraxonova, K.Karimov va D.Madjidovalar ishtirok etishdi.
Ular “InnoWeek.uz-2022” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “Tashabbuskor biznes”, “Innovatsion yechimlar”, “Kooperatsion aloqalar” nomli 3 ta alohida platformalardagi turli xil mavzulardagi xalqaro va mahalliy tadbirlar, 3 ta ko‘rgazmalarda ishtirok etdilar.

 506 total views