Daily Archives: 30.08.2022

30Avg/22

“Yangi O’zbekistonda el aziz inson aziz” shiori ostida, “UCHINCHI RENESSANS PEDAGOGIKASI – INSON KAMOLOTI OMILI” mavzusida ilmiy-ma’rifiy tadbir

[Переслано от Dilrabo opa ped]
Joriy yilning 2022-yil 29-avgust kuni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligini munosib kutib olish va ushbu qutlug’ sanani yuksak darajada nishonlash maqsadida.
“Yangi O’zbekistonda el aziz inson aziz” shiori ostida, “UCHINCHI RENESSANS PEDAGOGIKASI – INSON KAMOLOTI OMILI” mavzusida ilmiy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
Tadbirni Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI direktori, p.f.d., prof. X.I.Ibraimov ochib “Mustaqillik yillarida ta’lim sohasidagi yuksalishlar” haqida ma’ruza qildi. So’ngra “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi” bo‘limi boshlig‘i, p.f.d., professor Safarova Roxat Gaybillayevna “Mustaqillik yillarida pedagogika fanining taraqqiyoti: muammolar va yechimlar” mavzusida, “Xalqaro tadqiqotlar” bo‘limi boshlig‘i, p.f.d., professor Quronov Mаxammad Quronovich “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiorining mohiyati mavzusida, “Tillarni intensiv o‘qitish texnologiyalari” bo‘limi boshlig‘i, p.f.d., professor
Mardonov Shukrulla Qo‘ldashevich “Mustaqillik yillarida qadriyatlar nazariyasi va amaliyotining taraqqiyoti” mavzusida, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI tayanch doktoranti Todjibayeva Komila Sobit qizi “Yangi O‘zbekistonda inklyuziv ta’limning rivojlanish yo‘nalishlari” mavzusida ma’ruza qildilar. Tadbir ko’tarinki ruh va bayramona kayfiyatda badiiy qism bilan yakunlandi.

 728 total views