“Alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslar taʼlimida innovatsiyalar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 23 avgust kuni O‘zPFITI hamkor tashkiloti Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi tashabbusi bilan (RBIMM) “Alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslar taʼlimida innovatsiyalar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada O‘zPFITIning “Inklyuziv taʼlim” bo‘limi mudiri Dildora Madjidova va institut tayanch doktoranti Tadjibayeva Kamila ishtirok etishdi. Mazkur konferensiyaning maqsadi maxsus va inklyuziv taʼlimni rivojlantirish, alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarga taʼlim-tarbiya berish, ijtimoiy himoya qilish va moslashtirishning dolzarb masalalarini muhokama qilishdan iborat. Tadbirda Xalq taʼlimi vazirligi, RBIMM, Tashxis markazi mutaxassislari, JICA, Yevropa Ittifoqi, Turkiya xalq taʼlimi vazirligi vakillari, vakillari hamda Sankt-Peterburg Gersen nomidagi RDPU, Nizomiy nomidagi TDPU “Maxsus pedagogika va inklyuziv taʼlim” fakulteti, Abay nomidagi Kozog‘iston milliy universiteti professorlari, ixtisoslashtirilgan maktab-internat direktorlari va boshqa mutaxassislar o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

 117 total views,  3 views today