Monthly Archives: May 2022

20May/22

Nurafshonda o‘tkazilgan «Ochiq osmon ostidagi maktab” loyihasi nogiron yoshlarni birlashtirdi

2022 yil 18 may kuni Toshkent viloyati Nurafshon shahar amfiteatrida Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi hamkorligida «Ochiq osmon ostidagi maktab” ijtimoiy, mobil-metodik tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Nogironligi bo‘lgan bolalarning ijodiy chiqishlari, ularning qo‘l mehnatlari jamlangan yarmarkalar bo‘lib o‘tdi.

https://xs.uz/uzkr/78235

 495 total views

18May/22

Xalqaro bo‘lim boshlig‘i prof. M.Quronov Samarqand dalat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialida “Talim tarbiya metodikasini takomillashtirish resurslari” mavzusida maruza qildi. Tadbirda shahar hokimi, senator G. Alimova ishtirok etdi

 624 total views

17May/22

17-may kuni Xalqaro oila kuniga bag‘ishlangan “Oila instituti rivojlanishida qadriyatlarning o‘rni: milliy va xorijiy tajriba” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti “Inklyuziv ta’lim” bo‘limi mudiri Dildora Madjidova joriy yil 17-may kuni Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan – Xalqaro oila kuniga bag‘ishlangan “Oila instituti rivojlanishida qadriyatlarning o‘rni: milliy va xorijiy tajriba” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi, BMTning Bolalar jamg‘armasining (UNICEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi, AQSh Xalqaro Rivojlanish Agentligining (USAID) O‘zbekistondagi Missiya, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, YeXHT, vazirliklar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, Yaponiya, Malayziya, Bolgariya, Belorusiya, Rossiya, Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston davlatlaridan xalqaro ekspertlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Konferensiyada Oila institutini mustahkamlashga oid islohotlar, xorijiy va milliy tajribalar, qonunchilik me’yorlari, ijtimoiy siyosat, oila va xotin-qizlar, yoshlar va bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi va taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.

 561 total views

14May/22

«Covid-2019 muammolari va masofaviy talimni rivojlantirish» mavzusida davra suxbati

2022 yil 14 may kuni Abu Ali Ibn Sino nomidagi kimyo va biologiyaga ixtisoslashtirilgan maktabda » Covid-2019″ muammolari va masofaviy talimni rivojlantirish» mavzusida davra suxbati tashkil etildi. Mazkur tadbirda Xalqaro davlatlardan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar va yurtimizdagi nufuzli oliy talim muassasalaridan tabiiy fan yunalishidagi olimlar ishtirok etishdi. Tadbirda O‘zPFITI bo‘limi mudirlari akademik R.X.Djuraev, L.M.Karaxanova va K.A.Karimovlar ishtirok etishdi.

 535 total views,  1 views today

07May/22

«Уч авлод учрашуви» бўлиб ўтди.

9 май – Хотира ва қадрлаш куни муносабати билан Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университетида жорий йилнинг 7 май куни «Уч авлод учрашуви» бўлиб ўтди.

Ушбу тадбирни университет ректори Абдуғаффор Қирғизбоев очиб берди. Тадбирга университетда ўтган йиллар давомида фаолият олиб борган, айни дамда нафақадаги 120 нафардан ортиқ фидоий профессор-ўқитувчилар ва ходимлар таклиф қилинди. Шунингдек, олийгоҳ проректорлари, профессор-ўқитувчилари ва талабалар иштирок этишди.Тадбир меҳмонлари университет ёшлари томонидан муносиб кутиб олинди ва уларга «Шараф ленталари» улашилди.

Бугунги бўлиб ўтган «Уч авлод учрашуви» университетимизда таҳсил олаётган талаба ёшларимизда юксак фахр ва ғурур ҳиссини уйғотди. Энг муҳими, устозлар қадриятини давом эттиришдек маъсулиятни ҳис этишга катта туртки бўлиб хизмат қилади. Ушбу тадбирга институтимиз директори Х.Ибрагимов, академик Р.Джураев, М. Қуронов, А.Махмудов ва К.Каримовлар катнашдилар

 1,110 total views

05May/22

Jizzax pedagogika institutida «Qiyosiy pedagogikaning dolzarb muammo va echimlari» mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman

2022-yil 5-may kuni Jizzax pedagogika institutida «Qiyosiy pedagogikaning dolzarb muammo va echimlari» mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman tashkil qilindi. Ushbu xalqaro ilmiy-nazariy anjumanda T.N. Qori Niyoziy nomidagi O’zPFITI direktori X. Ibraimov «Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inklyuziv xizmat ko‘rsatishga doir xorijiy tajribalar tahlili» mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

 465 total views