O’quv seminar

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani 10-umumiy o’rta ta’lim maktabida tuman Xalq ta’limi bo’limi hamda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika Fanlari Ilmiy tadqiqot instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar-treningga T.N Qori Niyoziy nomidagi O’z PFITI pedagogika fanlari doktori professor «Alifbo» darsligi muallifi Safarova Raxatoy G’aybullayevna,T.N Qori Niyoziy nomidagi O’z PFITI direktori ibragimov Xolboy Ibragimovich,T.N. Qori Niyoziy nomidagi O’z PFITI direktorining umumiy masalalar bo’yicha direktor o’rinbosari Ro’ziyeva Zulayxo Samatovna tashrif buyurishdi.
Seminar-treningda: tayanch o’quv mashg’ulotdagi «Smart alifbo» mavzusi tanlanib keng muhokama qilindi. Tumanimizning 105 nafardan ortiq o’qituvchilari ushbu mavzu haqida ma’lumot olib, o‘zlarida ushbu mavzu yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qildilar.
Trening bahs va savol-javobga to’la bo’ldi.

 154 total views,  1 views today