20-21 aprel kunlari O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari Z.S.Ruziyeva va bo‘lim mudiri D.A.Madjidova O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” telekanali “Odamiylik” ko‘rsatuvida ekspert sifatida ishtirok etdilar. Mazkur ko‘rsatuvda nogironligi bo‘lgan, ehtiyojmand insonlar, bolalarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, ularning holidan xabar olish, tibbiy-ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tashrif buyurgan oilalarning hayoti, yashash sharoitlari, sog‘lig‘idagi muammolari aniqlanib, ularga tibbiy-ijtimoiy va homiylik yordami ko‘rsatish bo‘yicha institut mutaxassislari tomonidan fikrlar bildirildi.

 436 total views,  1 views today