Daily Archives: 21.04.2022

21Apr/22

20-21 aprel kunlari O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari Z.S.Ruziyeva va bo‘lim mudiri D.A.Madjidova O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” telekanali “Odamiylik” ko‘rsatuvida ekspert sifatida ishtirok etdilar. Mazkur ko‘rsatuvda nogironligi bo‘lgan, ehtiyojmand insonlar, bolalarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, ularning holidan xabar olish, tibbiy-ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tashrif buyurgan oilalarning hayoti, yashash sharoitlari, sog‘lig‘idagi muammolari aniqlanib, ularga tibbiy-ijtimoiy va homiylik yordami ko‘rsatish bo‘yicha institut mutaxassislari tomonidan fikrlar bildirildi.

 193 total views

21Apr/22

2022 yil 20 aprel kuni «Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish nazariyasi va metodikasi» bo‘limi mudiri M.E. Inoyatova o‘quv sifatini tahlil etish va metodik tavsiyalar berish uchun Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi 229- umumiy o‘rta taʼlim maktabida ona tili-adabiyot darslarini kuzatdi. Dars tahlili natijalari bo‘yicha ona tili-adabiyot fanlari metodbirlashmasi yig‘ilishida ishtirok etdi va metodbirlashma aʼzolari ishtirokida tahlil natijalarini muhokama qildi

 180 total views