Daily Archives: 13.04.2022

13Apr/22

«ZAMONAVIY UZLUKSIZ TA`LIMNI RAQAMLASHTIRISH: PEDAGOGIKA SOHASIDA ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA RIVOJLANISH OMILLARI” mavzusida onlayn Respublika ilmiy-amaliy anjuman

2022 yil 12 aprelda Andijon davlat universitetida «ZAMONAVIY UZLUKSIZ TA`LIMNI RAQAMLASHTIRISH: PEDAGOGIKA SOHASIDA ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA RIVOJLANISH OMILLARI” mavzusida onlayn Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Anjuman yalpi majlisida O‘zPFITI pedagog olimlaridan p.f.d., professorlar X.Ibraimov, R.Safarova, A.Maxmudovlar o‘z maʼruzalari bilan chiqish qilishdi. Shuningdek, anjuman sho‘ʼba yig‘ilishlarida institut bo‘lim mudirlari hamda doktorantlari faol ishtirok etishdi.

 825 total views,  1 views today

13Apr/22

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 3-fevraldagi «Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida 2022-yil, 12-aprelda Quyichirchiq tumani 4-musiqa maktabida qo’shma yigʻilish boʻlib oʻtkazildi. Yigʻilishda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori A.K.Qirgʻizboyev, T.N Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori X.I.Ibraimov, Quyichirchiq tumani XTB mudiri A.U.Shodmonov, tegishli tashkilotlardan mobil guruhi vakillari ishtirok etishdi. Yig’ilishda mobil guruhlarining yoʻl xaritalarini ishlab chiqish belgilab olindi.

 686 total views,  2 views today