Hisobotlar tinglandi

16 mart kuni soat 11.30 da UzPFITI bo’limlariga jumladan, «Ta’lim menejmenti» va «Tabiiy fanlarni o’qitish texnologiyalari» bo’limiga biriktirilgan TDPU magistrantlarining dissertatsiya ishlarini tayyorgarlik ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Hisobotlar davomida magistrlarning bugungi kunga qadar tadqiqot ishlari yuzasidan amalga oshirgan ishlari, nashr ishlari, tajriba-sinov ishlarining yakuniy natijalari haqida muhokamalar bo’lib o’tdi. Muhokamada shuningdek, ularga tadqiqot ishini mukammal tayyor bo’lishi, kamchiliklarni bartaraf etish borasida ilmiy maslahatlar berildi. Magistrlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, taqdimot ishlarini namoyish qildilar.

 741 total views,  2 views today