Ijtimoiy-gumanitar fanlar rivojining asosiy ustuvor yoʼnalishlari

2022 yil 2 martda O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi diplomatik aloqalar o’rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan oflayn va onlayn formatda “Основные приоритетные направления в развитии социально-гуманитарных дисциплин” (“Ijtimoiy-gumanitar fanlar rivojining asosiy ustuvor yo’nalishlari”) mavzusida Xalqaro ilmiy seminar bo’lib o’tdi.

Seminar D.I.Mendeleev  nomli Rossiya ximiya-texnologiya universitetining Toshkentdagi filiali direktori J.T.Mirzamaxmudov,G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkentdagi filiali direktori K.X.Abduraxmanov hamda Moskava xalqaro munosabatlar institutining Toshkentdagi filiali direktori M.T.Bakoevlarning kirish so’zi bilan boshlanib, seminar kun tartibidagi muammolar yuzasidan tegishli mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi. Ushbu nufuzli anjumanda O’zPFITI direktori, p.f.d. prof. X.I.Ibraimov “Zamonaviy ijtimoiy-gumanitar ta’limning ustuvor vazifalari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

 1,577 total views,  4 views today