QABUL 2021

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tasarrufidagi T.N.Qori Niyoziy nomidagi О‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti 2021 yil uchun “Tayanch doktorantura” va “Doktorantura”ga quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha

QABUL E’LON QILADI:

“Tayanch doktorantura”ga

13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi – 2ta о‘rin.

13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bо‘yicha) – 1ta о‘rin.

13.00.07– Ta’limda menejment– 1ta о‘rin.

13.00.08 – Maktabgacha ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi – 1ta о‘rin.

“Doktorantura”ga

13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi – 1ta о‘rin.

T.N.Qori Niyoziy nomidagi Oʼzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti (OʼzPFITI)ning 2021 yildan boshlab maqsadli tayanch doktorantura va doktoranturaga Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan

QАBUL KVOTАSI

“Tayanch doktorantura”ga

13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi – 1ta о‘rin. (Аjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti)

13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi – 1ta о‘rin. (Аjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti)

13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi – 1ta о‘rin. (Jizzax davlat pedagogika instituti)

Tayanch doktoranturaga talabgorlar http://phd.mininnovation.uz Innovatsion vazirlik saytiga xujjatlarini topshiradi, ro’yxatdan o’tganlar institutning “Ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash” bо‘limiga quyidagi xujjatlarini taqdim etadilar:

1. Ariza.

2. Qisqacha biografik ma’lumotnoma.

3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun)

4. Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bо‘yicha) tо‘g‘risidagi diplom nusxasi;.

5. Nashr etilgan ilmiy ishlar rо‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

6. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

7. Tayanch doktoranturada о‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida о‘rganilgan xorijiy til) bо‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (о‘rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bо‘lmagan), TOEFL (iVT) (87 balldan kam bо‘lmagan), CEFR (V2 darajadan past bо‘lmagan) bо‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bо‘lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.

Doktoranturaga talabgorlar http://phd.mininnovation.uz Innovatsion vazirlik saytiga xujjatlarini topshiradi, ro’yxatdan o’tganlar institutning “Ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash” bо‘limiga quyidagi hujjatlarini taqdim etadilar:

1. Ariza;

2. Qisqacha biografik ma’lumotnoma;

3.Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

4. Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bо‘lganligi tо‘g‘risidagi diplom nusxasi;

5. Tadqiqot mavzusi bо‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;

6. Nashr etilgan ilmiy ishlar rо‘yati, shuningdek ularning nusxalari.

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar http://phd.mininnovation.uz Innovatsion vazirlik saytiga xujjatlarini topshiradi, ro’yxatdan o’tganlar institutning institutning “Ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash” bо‘limiga quyidagi hujjatlarini taqdim etadilar:

1. Ariza;

2.Qisqacha biografik ma’lumotnoma;

3.Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bо‘yicha) tо‘g‘risidagi diplom nusxasi;

3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

4. Ilmiy ishlar rо‘yxati va ularning nusxasi;

5. Ish joyidan tavsifnoma.

Hujjatlar 2020 yilning 15 sentabridan 15 oktabrigacha qabul qilinadi.

Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun suxbat
2020 yilning 1-25 noyabr kunlarida о‘tkaziladi.

Manzilimiz: Toshkent shahar, Chilanzor tumani Furqat kо‘chasi, 174-uy. Indeks: 1000736. О‘zPFITI. Telefon: (0-371) 245-58-64, (0-371) 245-94-55.

 55 total views,  1 views today