AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi
56-F-sonli farmoyishiga asosan 2020 yilning 20-21 oktabr kunlari T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida “Uzluksiz ta’lim jarayoni subyektlarining kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish: muammolar va yеchimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tadi.

 Anjuman quyidagi yo‘nalishlarda ish olib boradi:

1-yo‘nalish: Uzluksiz ta’lim jarayoni subyektlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning nazariy-amaliy yo‘nalishlari.

2-yo‘nalish: Shaxsning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish sohasidagi xalqaro hamda tarixiy tajribalar.

3-yo‘nalish: Yoshlarda mutolaa madaniyatini rivojlantirish usullari.

4-yo‘nalish: Uzluksiz ta’lim jarayoni subyektlariningkitobxonlik madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini aniqlash va joriy etish.

Ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plam holatida chop etilishi rejalashtirilgan.

Anjumanning rasmiy tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari.

Ma’ruza tezislari matnlarini tayyorlash bo‘yicha talablar:

Matnlar Microsoft Word matn muharriri yordamida, Times New Roman shriftida, 14 o‘lchamda, A4 format qog‘ozda, 1,5 intervalda, yuqori va pastdan 2 sm, o‘ngdan 1,5 va chapdan 3 sm qoldirilgan holda tayyorlanishi lozim

Tezis matni sarlavhasining ust qismida muallif(lar)ning ismi, sharifi va familiyasi, ilmiy darajasi, ish joyi ko‘rsatilishi shart. Ulardan so‘ng bir interval tashlab asosiy matn keltiriladi.

Tezislar hajmi A4 formatda 3 sahifadan kam bo‘lmagan va 5 sahifadan oshmagan holda 1 nusxada va elektron variantda 2020 yilning 1 oktabrgacha tahrirdan chiqarilib, tegishli yo‘nalish ko‘rsatilib yuqoridagi talablar darajasida tashkiliy qo‘mitaga yеtkazilishi lozim.

Tezislar ilmiy saviyasi bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tomonidan tanlab olinadi.

Anjumanning tashkiliy materiallarini to‘plash, tahrir qilish va chop ettirish uchun har bir sahifasi uchun 15000 so‘m miqdorida badal puli to‘lanadi.

Qo‘yilgan talablarga javob bermaydigan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi va qo‘lyozmasi qaytarilmaydi.

Anjumanning o‘tkazilish joyi va manzili: 100736, Toshkent, Chilonzor tumani, Furqat ko‘chasi, 174, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.

Е-mail: hilol0311@mail.ru

Telegramm: 90 231-03-11

Tashkiliy qo‘mita

 33 total views,  3 views today